Iqtisod

Oʻzbekiston havo yoʻllari qishgi jadvalga oʻtib parvozlar sonini oshirdi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yilgi qishgi mavsumda Oʻzbekiston havo yoʻllari bir necha yoʻnalishlarga parvozlar sonini oshirib, yangi yoʻnalishlarni ham yoʻlga qoʻydi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. "Uzbekiston xavo yullari"  29 oktyabrdan boshlab, parvozlarni qishgi jadval boʻyicha amalga oshira boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Qishgi masumda Milliy aviakompaniya bir qator yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar sonini oshirmoqda. Undan tashqari Samarqand aeroportidan yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Samarkand-Istanbul-Samarkand yoʻnalishida yangi yoʻlga qoʻyilgan parvozlar 30 oktyabrdan har dushanba, 16 noyabrdan esa har payshanba amalga oshirila boshlaydi.

Shuningdek, MAK Amritsarga parvozlar soni haftasiga 2 marotaba, Seulga – 5 marotaba, Olma-Otaga – 7 marotabagacha oshirilganini xabar qildi.

Yangi qishgi jadval 2018 yilning 24 martiga qadar amal qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala