Hodisalar

Namanganda MXX qoʻlga olgan valyutafurush 7 ming dollaridan ayrildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
MXX butun respublika boʻyicha xorijiy valyutani noqonuniy sotib olayotgan va sotayotgan valyutachilarni qoʻlga olishda davom etmoqda

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida navbatdagi noqonuniy valyuta operatsiyasini amalga oshirishga qaratilgan xatti-harakatning oldi olindi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston 24" telekanali.

AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MXX Oʻzbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti
Videoreportajda hikoya qilinishicha fuqaro Faxriddin Kamolov 7 ming AQSH dollarini 8220 soʻmdan, jami 57 million 540 ming soʻmga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Barcha pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Valyutafurushning soʻzlariga qaraganda u ilgari valyutafurushlik bilan shugʻullangan boʻlsada, Oʻzbekiston prezidenti farmonidan keyin bu ishni toʻxtatgan, ammo soʻm kerak boʻlgani uchun oʻzidagi xorijiy valyutani sotayotgan mahalda qoʻlga olingan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda MXX maxsus operatsiyalar natijasida oʻnlab noqonuniy xorijiy valyutasi savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar qoʻlga olindi. Bu chora-tadbirlar natijasida respublikada "valyuta qora bozori" faoliyatini sezilarli kamaytirishga erishildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala