Islom Karimov Fondi Yevropa va AQShda o‘qishni istovchilar uchun yangi tanlov e’lon qildi

© FacebookPriyom dokumentov na uchastie v konkursnom otbore, obyavlennom fondom im. Islama Karimova na obuchenie za rubejom
Priyom dokumentov na uchastie v konkursnom otbore, obyavlennom fondom im. Islama Karimova na obuchenie za rubejom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari Fond tomonidan moliyalashtiriladi

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Islom Karimov nomidagi Fond Yevropa va AQShning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida magistratura dasturi bo‘yicha ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi.

Grantlar tanlovi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi: tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni) va rassomlik.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi sovrindorlarini e’lon qildi

E’londa bildirilishicha, tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy o‘quv yurtini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Hujjatlar topshirish muddati 2017-yil 6 – 17-noyabr.

Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya fondi 2016-yil oktabrda Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva tomonidan O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ta’sis etilgan. O‘zbekiston va xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Fondning ta’lim grantlari sohasidagi ilk loyihasi doirasida 12 nafar stipendiat bugungi kunda Angalt amaliy fanlar universiteti, Duysburg Essen, Rur va Frayburg universitetlari (Germaniya), Moskva me’morchilik maktabi hamda Turin politexnika universiteti (Italiya) kabi chet el oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0