Lola Karimova-Tillayeva jangari ayol ko‘rinishida namoyon bo‘ldi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimovning kichik qizi Instagram sahifasida mashhur film qahramoniga o‘xshab tushgan suratini joylashtirdi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva Xellouin bayrami munosabati bilan "Billni o‘ldirish" filmidagi Qora Bamba ko‘rinishida namoyon bo‘ldi.

Lola mashhur jangari filmda Uma Turman ijro etgan bosh qahramon qiyofasida tushgan suratini Instagramdagi sahifasida joylashtirdi. Uning yonida yuziga niqob taqqan erkak bo‘lib, u Lolaning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev ekanligini taxmin qilish mumkin.

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Okt 31 2017 v 12:11 PDT

Lola Karimova-Tillayevaning obunachilari uning bu suratidan hayratda qolishganini bildirishdi.

"Qoyil! Avvaliga sizmi-sizmasmi deb o‘yladim. Lekin yaxshilab qaragach, bu siz va sizning "Bill"ingiz ekanligini tushundim", —deb yozadi foydalanuvchi lilysam.city.

Xellouin — Irlandiya va Shotlandiyadagi qadimiy keltlarning bayrami bo‘lib, 31-oktabr kuni nishonlanadi. Turli qahramonlarni aks ettiruvchi niqob va kostumlar kiyish ushbu bayramning ajralmas qismi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0