UZMOBILE va MegaFon o‘rtasida kelishuv imzolandi

© Press-slujba "Uzbektelekom"Ofisnoe zdanie kompanii "Uzbektelekom"
Ofisnoe zdanie kompanii Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu har ikki aloqa operatori abonentlariga ularning O‘zbekiston yoki Rossiyada bo‘lish davrida xarajatlarni muvofiqlashtirish hamda ovoz, xabar almashish va internet-trafik qiymatini sezilarli ravishda pasaytirish imkonini beradi

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. "O‘zbektelekom" milliy operatori UZMOBILE AK va Rossiyaning MegaFon kompaniyalari o‘rtasida GSM standartida ovozli, SMS va internet-rouming xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda UZMOBILE matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniyaning bildirishicha, bu har ikki aloqa operatori abonentlariga ularning O‘zbekiston yoki Rossiyada bo‘lish davrida xarajatlarni muvofiqlashtirish hamda ovoz, xabar almashish va internet-trafik qiymatini sezilarli ravishda pasaytirish imkonini beradi.

Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Uzmobile yoshlar uchun tarif rejasini taqdim etdi

"Mazkur xizmat nafaqat Vatan ichida, balki uning tashqarisida ham muloqotda bo‘lish uchun qo‘shimcha omil bo‘ladi", deyiladi kompaniya xabarida.

"O‘zbektelekom" AK O‘zbekiston hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta — UZTELESOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELESOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘’ba korxonalaridir. "O‘zbektelekom" AK mobil va mutloq, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma’lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarida o‘z ulushiga ega.

Yangiliklar lentasi
0