Prezident sport sohasidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilayotgan medallar faqat boks, dzudo, og‘ir atletika va sport kurashlari bilan chegaralanib qolayotgani tanqid ostiga olindi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda bosh vazir, prezidentning davlat maslahatchisi, tegishli vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sbornaya Uzbekistana uspeshno vistupayet na V Aziatskix igrax v zakritix pomesheniyax i po boyevim iskusstvam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilar Ashxobodda hozirgacha 59 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Yig‘ilishda sport sohasi uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Sport sohasida asosiy bilim maskani bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Chirchiq shahriga ko‘chirildi. Natijada institut malakali sportchi va murabbiylarni o‘qitish hamda tayyorlash uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘ldi, zamonaviy sport shaharchasi barpo etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim olish yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilishda institut faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy izlanishlar uchun maxsus laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Jismoniy tarbiya institutini zamonaviy sport ta’lim muassasasiga aylantirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etish bo‘yicha 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan dastur tuzish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 39 ta sport inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadvaldan ortda qolgani, suzish havzalarini zamonaviy anjomlar bilan jihozlash kechiktirilganini tanqid qildi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish, yil oxirigacha qurilish ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Futbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev davlat sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari shtat birligini qisqartirdi

Sport maktablari, respublika oliy sport mahorati maktablari hamda sport federatsiyalarining iqtidorli yoshlarni kashf etish borasidagi hamkorligi, seleksiya ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi. Bu borada aniq shaffof mexanizm yaratish va barcha hududlarni qamrab olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mamlakat sportchilarini nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, bo‘lg‘usi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Hozirda iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarni shakllantirish, sportchilarning mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, ularning nufuzli musobaqalardagi munosib ishtirokini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilayotgan medallar faqat boks, dzudo, og‘ir atletika va sport kurashlari bilan chegaralanib qolayotgani tanqid ostiga olindi. Gimnastika, trampolin, yengil atletika, taekvondo, baydarka va kanoeda eshkak eshish, velosport kabi boshqa salohiyatli sport turlari bo‘yicha ham ko‘proq yutuqlarga erishish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0