AQShlik professor: Las-Vegasdagi qirg‘inda "terrorizm" so‘zi tilga olinmagandi

© AP Photo / Bebeto MatthewsSledovateli i politseyskie na meste nayezda gruzovika na velosipedistov
Sledovateli i politseyskie na meste nayezda gruzovika na velosipedistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Professorning aytishicha, musulmon mamlakatlaridan kelganlar sodir etgan jinoyatlarga nisbatan ma’lum bir ikki yoqlama standart qo‘llaniladi

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Nyu-York shahri universiteti professori Deniel Shou RT bilan suhbatda shaharda sodir etilgan terrorchilik harakati Pentagon va AQSh Davlat departamentining "qulay ekstremistlar"ni qo‘llab-quvvatlash siyosati mahsuli ekanligini aytdi.

Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi fojia munosabati bilan Trampga ta’ziya bildirdi

"Bunday teraktlarni AQShning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi siyosati bilan bog‘lamaslikning iloji yo‘q. Biz terrorizmning har qanday ko‘rinishini istisnosiz qoralashimiz shart. Qiziq, Tramp va mer De Blazio voqeani darhol terakt deb atashdi, Las-Vegasdagi ommaviy qirg‘inda "terrorizm" so‘zi tilga olinmagandi (AQShning Las-Vegas shahrida 1-oktabr kuni musiqa festivali vaqtida Stiven Paddok ismli 64 yoshli nafaqaxo‘r minglab tomoshabinlarni o‘qqa tutdi. Fojiada 50 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 500 dan ortiq odam jarohatlangan – tahr.). Musulmon mamlakatlaridan kelganlar sodir etgan jinoyatlarga nisbatan ma’lum bir ikki yoqlama standart qo‘llaniladi", — dedi professor RT jurnalistlariga.

Seshanba kuni Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yo‘lagidan bir necha kilometr bosib o‘tgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Nyu-York meri Bill De Blazio ushbu voqeani terakt deb atadi.

AQSh OAVlari xabariga ko‘ra, mazkur teraktni sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Seyfullo Soipov bo‘lib chiqqan. U AQShga 2010-yilda grin karta orqali kelgan.

Yangiliklar lentasi
0