O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mutaxassislari AQShda malaka oshirishadi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishuvga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlari hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazadi, tajriba almashadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari AQSh universitetida malaka oshirishadi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Andijon va Samarqand qishloq xo‘jalik institutlari Michigan shtati universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

Amerikanskiy flag. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rahbarlaridan iborat delegatsiya AQShga bordi

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining bildirishicha, hujjat O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining AQShga rasmiy tashrifi davomida imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlari hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazadi, tajriba almashadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari AQSh universitetida malaka oshirishadi.

Bundan tashqari, AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida tomonlar innovatsion qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida hamkorlik qilishga, agrar sohaga AQShning resurslarni tejovchi texnologiyalarini joriy etishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0