Toshkent yo‘llarida avtobuslarga ustuvorlik beriladi

© tashtrans.uzObshestvenniy transport v Tashkente
Obshestvenniy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxati rahbariyati fuqarolarni shaxsiy transportdan jamoat transportiga o‘tishga undaydi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentda jamoat transportini aholi uchun qulayroq qilishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jamoat transporti kelajagi

2030 yilga qadar jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasiga Toshkent yo‘llarida jamoat transportiga ustuvorlik berish rejalashtirilgan. Bu avtobuslar harakat tezligini 10-12 % ga oshirishi kerak. 

Shuningdek, hukumat jamoat transporti uchun chorrahalarni kesib o‘tishda, avtobuslar bekatdan yo‘lning eng o‘ng qatoriga chiqishda ustuvorlik huquqi berish va boshqa choralar ko‘rib chiqilmoqda.

Barcha avtobus bekatlari yangilanishi, ularni elektron tablichkalar bilan jihozlash, eng oxirgi bekatlarda haydovchilar dam olishi uchun qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Undan tashqari, dunyoning yetakchi aholi zich yashaydigan shaharlari London, Nyu York va Moskvada bo‘lgani kabi, shaxsiy avtotransportning shahar markaziga kirishi, to‘xtab turishi borasida cheklovlar kiritilishi kutilmoqda. 

Shuningdek, marshrut taksilari ham shahar markazida harakatlanishga cheklov kiritilib, ularning o‘rniga avtobuslar joriy etilishi mumkin.

Avtobus na Charvak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishi ochiladi

"Toshshaxartransxizmat" rivojlangan xorijiy mamlakatlar misolida Toshkentda ham barcha avtobuslar harakatlanishini real vaqtda nazorat qilib turish imkonini beradigan tizim kiritishni rejalashtirgan. Ushbu tizimishga tushganidan keyin avtobus bekatlarida o‘rnatilgan maxsus ekranlarda har bir avtobus necha daqiqada yetib kelishi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek yo‘lovchilar avtobuslar harakatlanish jadvali va aniq vaqtini o‘z smartfonlari orqali kuzatib borishlari ham mumkin bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerak-ki, Bugungi kuna Toshkentda yo‘lovchi oqimi kunida 4,75 mln  kishini tashkil qiladi. Shaharda 266ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ulardan 146tasi avtobusli va 120tasi marshrut taksilari yo‘nalishlari.

Bugungi kunda Toshkentda avtobuslar o‘rtacha tezligi 21 km/soatni, eng gavjum vaqtlarda esa 16,9 km/soatni tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0