Bosh vazir Aripov Medvedev bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan
Ofitsialniy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Medvedev O‘zbekiston poytaxtidagi ajoyib ob-havoni ham e’tirof etdi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

Rossiya hukumati raisi o‘zaro munosabatlar barcha idoralar bo‘yicha rivojlanayotganligini ta’kidladi.

Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Shovkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

"Eng asosiysi, bular shunchaki munosabat, shunchaki suhbatlar emas, ular aniq kelishuvlarga aylanmoqda. Bugun darhaqiqat ulkan hujjatlar to‘plami imzolanadi", — dedi Medvedev uchrashuv davomida.

U O‘zbekiston poytaxtidagi ajoyib ob-havoni ham e’tirof etdi.

"Bizni tom va ko‘chma ma’noda iliq kutib olganingiz uchun rahmat! Mamlakatlarimiz o‘rtasida haqiqatan ham iliq va do‘stona munosabatlar mavjud… Toshkentda havo juda iliq, hattoki menimcha noyabrda bo‘ladigan haroratdan ko‘ra ancha iliq. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bugungi munosabatlar ruhini ham ifodalaydi deb umid qilaman", — deb qo‘shimcha qildi Medvedev.

O‘z navbatida Aripov Rossiya bosh vaziriga O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan ishlari uchun minnatdorlik bildirdi.

"Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi o‘zaro hurmat, ishonchga asoslangan", — qayd etdi O‘zbekiston bosh vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amalga oshirgan safari "Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochdi".

"Bugungi uchrashuv va bugun imzolanadigan hujjatlar albatta iqtisodiyotlarimizning yanada rivojlanishi va o‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham rivojlanishiga xizmat qiladi deb o‘ylayman", — deb ta’kidladi Aripov.

Yangiliklar lentasi
0