Uchinchi jahon urushi yoxud Pentagonga rossiyaliklarning to‘qimalari nima uchun kerak?

© AFP 2023 / PHILIPP GUELLANDXimicheskaya zashita
Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxasislar AQSh harbiy muassasalari Rossiyaga qarshi etnik yo‘naltirilgan biologik qurol ishlab chiqarayotganiga ishonchi komil.

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Fuqaro huquqlarini rivojlantirish mavzusida 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan kengashda Vladimir Putin “Kimdir butun mamlakat bo‘ylab biologik materialarni yig‘moqda. Rossiyada yashayotgan turli millat va elatlar bo‘yicha ham. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, xo‘sh bu nima uchun qilinayapti?”, — deb hukumat a’zolariga murojaat qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Mikrobiolog olim - Sputnik O‘zbekiston
Zika virusi issiq mamlakatlar aholisiga xavf solmoqda

Aslida, ushbu shov-shuv AQSh Havo-harbiy kuchlari tomonidan 2017-yilning 18-iyulida Federal Business Opportunity  saytida chop etgan e’lonidan boshlandi. Unda aytilishiga ko‘ra, AQSh Havo kuchlari qo‘mondonligi rossiyalik kishilarning Ribonuklein kislotasi (RNK) va inson suyagi bo‘g‘imining sinovial kislota ishlab chiqaruvchi qatlami namunalari jamlayotganini xabar qilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yuqoridagi biologik materiallar faqat Rossiyada yashayotgan yevropeoid irqiga mansub shaxslarga tegishli bo‘lishi kerakligini ta’kidlangan. Ukrainaliklarning biologik materiallari qabul qilinmasligi ham alohida aytib o‘tilgan. 

RNK — Inson tanasidagi eng asosiy uchta makromolekulalardan biri. Qolgan ikkitasi DNK va oqsil molekulalaridir. Turli millat, turli irq vakillarida ular turli turli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar aynan bir xil turdagi DNK, RNK yoki oqsil molekulasiga zarar yetkizuvchi virus yetishtirilsa, uning yordamida faqat ma’lum bir millat yoki irq vakillariga ta’sir qiluvchi biologik qurol ishlab chiqarish mumkin.  

Pentagon – bu xorijiy fuqarolar sog‘ligi haqida qayg‘uruvchi, tibbiyot ilmiy-tekshirish istituti emas. Pentagon bu harbiy maqsadlarga erishi tashkiloti. Bugungi kunda MDH hududida AQSh nazorati ostida bo‘lgan o‘nlab biologik laboratoriyalar ishlamoqda. Ular sobiq Ittifoqning har bir millati uchun o‘ziga mos viruslar to‘plamini yaratmoqda. Axir yadro urushi boshlansa amerikaliklarning o‘zi ham zarar ko‘rishi mumkin, biologik urush esa hech kimga ko‘rinmaydi iz ham qoldirmaydi. 

Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston
Ilon Mask uchinchi jahon urushi boshlanish sababini aytdi

Ko‘rinmas uchinchi jahon urushi 

Biologiya va genetika fanlarining bugungi taraqqiyoti, odamlarni irqi, terisining rangi yoki yana boshqa belgilariga ko‘ra tanlab yo‘q qilishga qodir bo‘lgan baktereologik yoki bio-genetik qurol yaratishga qodir. Balkim shuning uchun amerikaliklar MDH hududida yuqori himoyalangan muhandislik-biologik laboratoriyalar sonini oshirmoqda. Oxirgi yetti yil ichida butun dunyo bo‘ylab qurilgan AQSh bio-muhandislik laboratoriyalar soni 20 tadan 400 taga yetdi. 

Pentagon ana shunday obyektlarni Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Moldaviya, O‘zbekiston va Ukraina hududlarida barpo etishga ulgurgan. AQSh rasmiy xabariga ko‘ra  ular – biologik xavflarnpi oldini olish uchun. Aslida esa, ushbu laboratoriyalar o‘zlari joylashgan mamlakatlar boshi uzra ko‘tarilgan qilichga o‘xshaydi.

Oxirgi yillar davomida ana shunday obyektlarda yuzlab baxtsiz hodisalar yuz bergani qayd etilgan bo‘lsada, AQSh ma’muriyati baktereologik va toksin qurollar ishlab chiqish, ularning zahiralarini tayyorlash haqidagi Xalqaro konvensiya normalarini inkor qilib kelmoqda.

Bakteriyalar tahlili - Sputnik O‘zbekiston
"Qotil-bakteriya" vyetnamliklarni 24 soat ichida o‘ldirmoqda

Shu o‘rinda etnik yo‘naltirilgan viruslar Amerikada tarixida muhim rol o‘ynaganini qayd etish lozim. Shimoliy Amerika qit’asini egallab olishda hindularning eng ko‘p o‘limiga sabab bo‘lgan narsa, bu janglar emas – yevropaliklar o‘zlari bilan olib kelgan kasalliklar bo‘lgan ekan. Alohida materikda yashagan hindularning yevropada keng tarqalgan vabo, sil va boshqa kasalliklarga qarshi immuniteti bo‘lmagani tufayli ular millionlab qirilib ketgan. Shu tariqa Amerikada 15 mln hindudan 20-asr boshiga kelib 300 ming kishi qolgan ekan. 

Gen-muhandisligining bugungi kundagi rivojlanish darajasini hisobga olganda, dunyoning yuzlab nuqtalarida joylashgan   bunday labobratoriyalar g‘arazli niyatda bo‘lgan dushmanga katta imkoniyatlar berishi mumkin.

Oxirgi vaqtlarda Rossiyaning Janubida qishloq xo‘jalik epidemiyalari soni oshib bormoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, shimoliy yarim sharda Afrika vabosi tarqalishiga faqat bir sabab bo‘lishi mumkin – bu o‘sha virusning laboratoriya sharoitida modifikatsiya qilinishidir.

Yamal orolida 2016-yilda birdan tarqalgan kuydirgi (Sibirkaya yazva) virusi ham o‘ta shubhali holatdir. O‘tgan 75-yil davomida bunaqasi kuzatilmagan edi. Bir zumning o‘zida 24 nafar mahalliy aholidan kuydirgi virusi topildi. 2500 bosh zararlangan kiyiklarni yo‘q qilib tashlashga to‘g‘ri keldi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu diversiya bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Yuqumli kasalliklarni tashuvchi chivin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Zika virusi tarqalishining oldi olinmoqda

AQSh biologik markazlari xodimlari o‘zlari bajarayotgan ishlarning oxirgi maqsadi nima ekanligidan xabari bo‘lmasligi ham mumkin. Pentagon mikrobiologlari olib borayotgan ishninig strategik muhim ahamiyatga ega ekanligi ushbu maqsadda xarajat qilingan mablag‘lar miqdoridan ham bilib olish mumkin: Ukrainada 175 mln, Gruziyada – 150 mln, Qozog‘istonda – 130 mln. dollar. Vaholanki, oxirgi yillarda eng xavfli viruslar hujumlari Afrika va Janubiy Osiyo qit’alarida bo‘lib o‘tmoqda. Ukraina, Gruziya yoki Qozog‘istonda bunday epidemiyalar kuzatilgani yo‘q.

Javob choralari

Rossiya o‘z hududida epidemiologik va virusologik xavfsizlik choralarini ko‘rgan va ma’lum nazorat choralarini ham saqlab qolgan. Afsuski, MDHning Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va Ukraina  kabi ba’zi mamlakatlari, AQSh yordami evaziga, nafaqat o‘z hududlarini Pentagonning biologik eksperimentlari uchun ochib berishgan,  balkim amerikaliklarga sobiq SSSR davrida ishlab chiqilgan biologik qurol namunalarini: zararli kasallik qo‘zg‘atuvchi va jangovor virus shtammlarini ham berib yuborishgan. Bunday yo‘qotishlarni o‘rnini bosish juda mushkul.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Ittifoq davrida vabo, kuydirgi, qorachechak, Lassa va Ebola viruslari asosida, ulardan ko‘ra bir necha borbar xavfli bo‘lgan, har qanday himoyadan o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan “jangovar viruslar” ishlab chiqarilgan edi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kuydirgi kasalligi tufayli Qozog‘iston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi

Har qanday biologik qurol shubhasiz butun dunyoning ertangi kuniga xavf soladi. Nazoratsiz o‘tkazilayotgan tajribalar butun mamlakat yoki xalqlarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli dunyoning aksariyat mamlakatlari Biologik qurol tarqalishini oldini olishga qaratilgan 1925-yilgi Jeneva konvensiyasi, 1972-yilgi xalqaro konvensiyalarga a’zo bo‘lgan va biologik qurol tarqalmasligi tarafdori. AQSh bo‘lsa, yakka tartibda 2001-yilda ushbu konvensiyalardan chiqib ketgan.

Aytish joizki, bugungi kunda biologik qurollarning turli ko‘rinishlari ishlab chiqarilmoqda. Biologik qurol inson genetikasini, psixiologiyasini, immunitetini yoki nasl yaratish qobiliyatiga qarshi qaratilgan bo‘lib, u butun boshli millatlarni biror dona o‘qsiz qirib yuborishi mumkin.

Lotin Amerikasida 2015-yilda 3-4 mln kishiga yuqqan Zika lixoradkasini esga oling. Zika virusi homilador ayollarning homilasiga zarar yetkizish xususiyatiga ega edi. U bolaning bosh miyasida mikrotsefaliya kasaliga olib kelar va natijada go‘dak nobud bo‘lar ekan. Zika virusining tabiiy manbaasi qayerda ekanligi hali ham aniqlanmagan. Buni shunchaki tasodif deyish mumkinmi?

Davlat sanitariya boshqarmasi kuydirgi kasalligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi

Yoki 2016-yilda Janubiy Koreyada tarqalgan Ebola lixoradkasini eslasak. O‘shanda OAVlar Ebola virusi AQSh biologik laboratoriyalaridagi baxtsiz hodisa oqibatida odamlar orasida  tarqalib ketgan deb yozgan edi.

Undan tashqari biologik qurol qishloq xo‘jaligiga va mamlakat iqtisodiga ham ulkan zarar yetkizishi mumkin. “Qush grippi” yoki “Cho‘chqalar grippi” epidemiyalari ayrim mamlakatlar (masalan Xitoy) iqtisodiga millionlab dollalik zarar yetkizgani hammaga ma’lum.

Rossiya o‘z xalqi va millatini himoya qilish maqsadida, biologik qurol xavfi haqida nafaqat boshqalarni ogohlantirish, balkim himoya chizig‘i yaratish yo‘lidan bormoqda. Shu sababli boshqa MDH mamlakatlari ham ushbu xavflardan ogoh bo‘lib “sog‘lomlashish” yo‘liga o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Yangiliklar lentasi
0