Islom Karimovning uch nafar farzandi bo‘lgan

© Social media page of Lola KarimovaPerviy prezident Uzbekistana Islam Karimov s docheryu
Perviy prezident Uzbekistana Islam Karimov s docheryu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Birinchi prezidentining o‘g‘li bor bo‘lib, u hozir Moskva viloyatida istiqomat qiladi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi saytida O‘zbekistonning birinchi rahbari Islom Karimov tarjimai holi e’lon qilingan bo‘lib, unda prezidentning uch nafar farzandi bo‘lganligi yozilgan.

"Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi", — deyilgan matnda.

Shu vaqtga qadar rasmiy manbalarda Islom Karimovning faqat ikki farzandi — qizlari Lola va gulnora haqida yodga olinardi, xolos.

Respublika OAVlarida chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Islom Karimov birinchi marta 1960-yillarda Natalya Petrovna Kuchma ismli ayolga uylangan bo‘lgan. 1969-yil ular oilasida o‘g‘il dunyoga kelgan. Natalya Kuchma 2008-yilda Toshkentda vafot etgan, Petr Karimov esa ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0