Jamiyat

Toshkent metrosida shu yil yakuniga qadar yoʻlkira haqi koʻtarilmaydi

© Sputnik / V. Pavlov / Fotobankka oʻtishVestibyul stantsii "Chilanzar" Tashkentskogo metropolitena
Vestibyul stantsii Chilanzar Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston
Metro – eng ommaviy transport turi hisoblanadi. Metro yoʻlkira haqi oshirilmasligi haqida "Toshkent metropoliteni" UK bosh injeneri Baxtiyor Sodiqov maʼlum qildi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent metropolitenida shu yil yakunigacha yoʻlkira haqi oshirilmaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Obщestvennыy transport v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent yoʻllarida avtobuslarga ustuvorlik beriladi

"Shu yil yakuniga qadar metro yoʻlkira haqini oshirish niyatimiz yoʻq. Metropoliten eng ommabop transport turi hisoblanadi. Shuning uchun toʻlov tariflarini bir maromda ushlab turishga harakat qilyapmiz. Ushbu transport turiga yoʻlovchi tashish avtobuslari ham kiradi. Shuning uchun hozircha tariflar oshirilishi haqida hech qanday gap soʻz yoʻq", — dedi "Toshkent metropoliten" DU bosh injeneri Baxtiyor Sodiqov.

Sadiqov "Lekin hukumat tomonidan yoqilgʻi mahsulotlarining narx oshirilsa, oʻz-oʻzidan metro yoʻlkira haqi ham oʻzgaradi", — deb qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, 9 martdagi Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining "Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00dan soat 16:00gacha bepul boʻlgandi.

Bundan tashqari, Toshkent metrosida "Mikroelektronika Plyus" mahalliy korxonasi tomonidan yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi tatbiq etilmoqda. Loyihaning dastlabki bosqichida Mustaqqillik maydoni metro bekati test sinovlari tariqasida maxsus turniket va bir martalik chipta sotuvchi avtomatlar bilan jihozlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala