Turizm

Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPloщad Registan
Ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Samarqandda 130 oʻrinli mehmonxona majmuasi barpo etiladi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Ushbu obʼyekt qurilishiga Turkiyaning "APEAS Engineering & Construction" kompaniyasi tomonidan 20 million dollar ajratiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar natijasida ikki mamlakat orasida 26 ta muhim shartnomalar imzolandi. Savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sogʻliqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, Turkiyaning "Ziraat" bankidan namunali uylar qurish uchun 200 million dollar kredit mablagʻlari jalb qilinadi.

Shuningdek, 30 oktyabr kuni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining "Samarqand — Istanbul — Samarqand" yoʻnalishi boʻyicha muntazam havo qatnovi ilk bor amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala