Siyosat

Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

© REUTERS / Carlos BarriaPrezident SSHA Donald Tramp
Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Radioboshlovchi Xaui Karruga bergan intervyusi davomida Tramp AQShga grin-karta orqali Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan oʻsha "hayvon" singarilar kelishini taʼkidlab oʻtgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp lotereya orqali yutib olinadigan grin-kartalar orqali Amerikaga "unchalik yaxshi odamlar kelmaydi", deya bayonot qildi.

Sud nad Sayfullo Saipovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻlim jazo yoki Guantanamo qamogʻi: AQShda Soipovga nisbatan sud boshlandi
Ilgariroq Tramp Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan Sayfullo Saipov AQShga Oʻzbekistondan 2010 yilda, AQSH Davlat Departamenti tomonidan oʻtkaziladigan grin-karta lotereyasini yutib olib, kelganligi haqida maʼlum qilgan edi.

"Agar siz lotereya tizimi va ushbu lotereya orqali mamlakatimizga kirib kelayotganlarga eʼtibor bersangiz… Sizga ayonki, davlatlar oʻzlarining yaxshi, eng sara kishilarini bermaydilar", — degan Tramp oʻzining Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Radioboshlovchi Xaui Karruga bergan boshqa bir intervyusi davomida Tramp AQShga grin-karta orqali Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan oʻsha "hayvon" singarilar kelishini taʼkidlab oʻtgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

Amerika prezidenti yana bir karra ushbu dasturga nuqta qoʻyish kerak, dedi. U shuningdek, "zanjirli" immigratsiyani ham tugatish vaqti kelganligini qoʻshimcha qildi. 

Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni Nyu-York markazida, kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Sayfulla Soipov yuk avtomobilida terakt uyushtirigan edi. Uning oqibatda 8 kishi qurbon boʻlgan va 10 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala