Mirziyoyev MDH davlatlari bosh vazirlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirxiyoyeva s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirxiyoyeva s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o‘z davlatlari rahbarlarining ezgu tilaklarini yetkazdi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvda konstruktiv va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani haqida so‘z yuritildi.

Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini alohida ta’kidladi.

Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashuvda oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni izchil amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo, investitsiya, energetika, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Ikki davlat hududlari o‘rtasidagi va ishbilarmon doiralari darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev uchrashuvi
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s premyer-ministrom Kazaxstana Bakitjanom Sagintayevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev uchrashuvi

Belarus bosh vaziri Andrey Kobakov bilan uchrashuvda prezident O‘zbekiston – Belarus munosabatlari rivojidagi ijobiy sur’atni mamnuniyat bilan qayd etdi. Tomonlar hamkorlikning mavjud salmoqli salohiyatini, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi kooperatsiya imkoniyatlarini to‘la ishga solishdan manfaatdor ekani e’tirof etildi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan uchrashuv chog‘ida Turkmanistonga oliy darajadagi tashriflar va davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini strategik sheriklik bosqichiga ko‘targani ta’kidlandi.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi kooperatsiyani rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o‘z davlatlari rahbarlarining ezgu tilaklarini yetkazdi.

Toshkentda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston bosh vazirlari ishtirok etishadi. Ozarbayjon va Turkmaniston nomidan bosh vazirlar o‘rinbosarlari, Moldaviyadan esa MDHning ustav va boshqa organlaridagi muxtor elchisi qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0