Jamiyat

Oʻzbek militsionerlariga fuqarolar shaxsini aniqlash uchun planshetlar beriladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSpetsproyekt "Obucheniye planshetnoy gramote" dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve
Spetsproyekt Obucheniye planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yangilik hujjati yoʻq fuqaroning shaxsini uni boʻlimga olib bormasdan aniqlash imkoniyatini beradi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi maxsus planshetlar yordamida real vaqt rejimida fuqarolar shaxsini aniqlash boʻyicha loyihani ishga tushirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik Oʻzbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Bugungi kunga kelib poytaxtning turli tumanlarida oʻnlab militsionerlar ana shunday planshetlar bilan taʼminlandi. Planshetlarga turli maxsus dasturlar oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida fuqaroning shaxsini aniqlash, barmoq izlarini olish, navbatchi qism bilan bogʻlanib kerakli maʼlumotlarni yetkazish mumkin.

"Bu yangilik hujjati yoʻq fuqaroning shaxsini uni boʻlimga olib bormasdan aniqlash imkoniyatini beradi. Planshet yordamida uning shaxsi bir necha daqiqa ichida aniqlanadi. Soʻngra kerakli chora koʻriladi. Agarda fuqaro masalan ilgari sudlangan boʻlib, Chilonzorda yashasa va tungi soat uchda Bektemir tumanida yurgan boʻlsa, unga nisbatan mantiqiy savollar paydo boʻladi", — dedi IIBB podpolkovnigi Aziz Sultonov brifing chogʻida.

Poytaxt IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayevning aytishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari mazkur jarayonning barcha nozik jihatlarini oʻrganishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala