Jamiyat

Toshkentda MDH vakillari elektr energetikasi masalalarini koʻrib chiqishadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishElektricheskaya podstantsiya
Elektricheskaya podstantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
MDHga aʼzo davlatlarning energetik kompaniyalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, huquqiy-texnik zaxiraning uygʻunlashuvi va boshqa muhim masalalarni muhokama qilishadi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. 4 noyabr kuni Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Elektr energetika Kengashining navbatdagi 51-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tegishli vazirliklar rahbarlari, MDHga aʼzo davlatlarning energetik kompaniyalari energiya tizimlarida 2017-2018-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, huquqiy-texnik zaxiraning uygʻunlashuvi va amaliy yangilanish jihatlari, atrof-muhitni asrash va koʻp tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi boshqa muhim masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala