Jamiyat

Rossiyalik yozuvchi: xalq Sharof Rashidovni aslo unutmaydi

© SputnikPisatel Fedor Razzakov
Pisatel Fedor Razzakov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonni deyarli chorak asr boshqargan Sharof Rashidov oʻz vatanida hamisha yorqin, iqtidorli va yetuk siyosiy arbob sifatida eʼzozlanadi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludiga yuz yil toʻlmoqda. 2009 yilda rossiyalik tarixchi Fyodor Razzakov Oʻzbekiston SSR kommunistik partiyasi markaziy komitetining birinchi kotibi haqida kitob yozgan. Yozuvchi va Sputnik radiosi boshlovchisi Armen Gasparyan kitob muallifi bilan Rashidov shaxsi, uning faoliyati va yutuqlari haqida suhbatlashdi.

—Sharof Rashidov haqida kitob yozishingizga nima turtki boʻlgan?

— Aynan Sharof Rashidovich va Oʻzbekiston haqida kitob yozishimga qator omillar sababchi boʻlgan. Kitobimning 50 foizi Rashidov boshqargan Oʻzbekiston haqida.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obroʻga ega boʻlgan? - Xos soqchi xotiralari

Mening otam asli oʻzbekistonlik, millati oʻzbek. Biz u yerga har yili borardik va u yerda oxirgi marta 1979 yilda boʻlganman. Soʻngra harbiy xizmatga bordim, uylandim, qayta qurish boshlandi – xullas borishga imkon boʻlmadi. Oʻzbekistonga 28 yildan soʻng bordim. Aynan 2007 yilda ikkinchi vatanimga borishimga ehtiyoj paydo boʻldi.

2007 yil noyabrida Sharof Rashidov tavalludiga 90 yil toʻlgandi. Bu paytga kelib men tarixchi yozuvchiga aylangandim. Oʻzbekiston haqida kitob yozish gʻoyasi menda anchadan buyon bor boʻlib, faqat qahramonlikka kimni tanlashni bilmay yurardim. Oʻzbekistonga borgunimga qadar oʻzbek sanʼatkori Botir Zokirov haqida kitob yozishni moʻljallayotgandim. Ammo Moskvaga qaytgach, rejalarim keskin oʻzgarib ketdi.

2008 yilgi Rossiya prezidentligi saylovlari yaqinlashib kelayotgan, Dmitriy Medvedev davlat rahbarligiga nomzodini ilgari surgandi. Turli liberal maqolalar toʻlqini avjga chiqa boshladi, xususan, OAV 1980-yillarda butun ittifoqda shov-shuv boʻlgan "oʻzbeklar ishi" haqida yana eslab qoldi. Men arxivlarimni titkiladim, qayta qurish davridagi "Ogonyok"ni varaqladim – hammasida Rashidov oʻzbek mafiyasining boshligʻi sifatida koʻrsatilgandi. Shunda mening qahramonim aynan u ekanligini anglab yetdim!

Men uning tarjimai holi asosida hali ham tirik boʻlgan liberal targʻibotga qarshi kitob yozishga qaror qildim. Ushbu gʻoya tugʻilgach, 8 noyabr kuni kitobning ilk sahifasini yozdim.

Stokgolm. Shvetsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shvetsiya poytaxtida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanadi

— Arxivlar bilan muammolar boʻlmadimi? Kitob uchun maʼlumotlarni qayerdan oldingiz?

— Uyimda 30 yildan beri toʻplab kelayotgan ulkan arxivim bor. Armiyadagi qismimizda sovet davrining qatagʻonga uchragan arboblari haqidagi kitoblarni tashlab yuborishayotganida ancha kitoblarni asrab qolgandim. Menda Stalin va boshqa davlat arboblari haqidagi maʼlumotlar jildi bor edi. "Oʻzbeklar ishi" boʻyicha ham alohida jild boʻlib, u kitobning asosini tashkil qildi.

Ayrim maʼlumotlarni tarix kutubxonasidan topdim.

Umuman olganda, kitob juda oson yozildi, men oʻzimga kerakli hujjatlarni topdim. Bunaqasi kamdan-kam boʻladi – odatda, uzoq va koʻp izlashga, kerakli maʼlumotlarni tekshirib, solishtirib chiqishga toʻgʻri keladi. Bu safar esa menga goʻyoki kimdir yordam bergandek boʻldi: yoki Sharof Rashidovich yoki unga ixlos qoʻygan otam.

—Rashidovning jurnalist va yozuvchi sifatidagi tajribasi sizga kitob yozishda qoʻl keldimi?

SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jizzaxda Sharof Rashidov byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

— Uning yozuvchiligi menga katta yordam berdi. Men u yozgan kitoblarni oʻqib chiqdim, yozish uslubini oʻrgandim. U haqida yozish qiziqarli boʻldi, birinchidan, oʻz millatdoshim haqida yozayotganligim uchun, men baribir yarim oʻzbekman, ikkinchidan adabiyotga aloqador boʻlganligim uchun. Buning ustiga, Rashidov men uchun begona boʻlmagan respublikani boshqargan. Men 2007 yilga, Oʻzbekistonga qilgan safarimga qaytaman: men butunlay boshqa mamlakatni koʻraman deb oʻylagandim, lekin xuddi Sovet Ittifoqining eng yaxshi koʻrinishiga tushib qolgandek boʻldim.

—Rashidov qanday qilib jurnalist va yozuvchilikdan yuksak partiyaviy lavozimga koʻtarilgan? Bu yoʻl oson emas.

— U partiyaga frontda aʼzo boʻlgan. Urushdan qaytgach, oʻsha davr rahbarlarinig eʼtiboriga tushgan, uni Samarqand viloyat qoʻmitasiga kadrlar boʻyicha kotib etib tayinlashgan. U xodimlarni tanlash bilan shugʻullangan, bu esa uning yaxshi-yomonni ajrata olganligini bildiradi. Aks holda unga bunday ishni topshirishmasdi.

— Soʻngra partiyaviy koʻtarilish va zilzila hamda "paxta ishi"dan aziyat chekkan respublika tepasida 24 yil rahbarlik qilish.

— Ha, lekin u 24 yil birinchi kotib boʻlgan, bungacha esa toʻqqiz yil davomida bugungi til bilan aytganda, prezident – Oʻzbekistondagi ikkinchi shaxs ham boʻlgan. U prezident sifatida (oʻsha davrda Oʻzbekiston SSR oliy soveti prezidiumining raisi deb atalgan) tashrif buyurmagan Osiyoning biror respublikasi qolmagan. Aynan oʻsha davrda u Moskva eʼtiboriga tushgan davlat arbobiga aylangan. U respublika miqyosidan oʻsib, jahon miqyosidagi yetakchiga aylangan. U birinchi kotib boʻlishga huquqi va barcha asoslarga ega boʻlgan insonlardan biri edi.

— Sizningcha, Rashidov siyosat tarixida yetarlicha baholanmagan shaxs boʻlib qoldimi yoki avlodlar uning mehnatini baholay olishdimi?

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jizzax tumani Sharof Rashidov nomi bilan ataladi

— U biz "oʻzbeklar ishi" deb ataydigan voqealar arafasida hayotdan koʻz yumgan. U 1983 yilning 31 oktyabrida hayotdan koʻz yumgan, 1986 yil yanvarida esa Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan navbatdagi sʼyezdda Rashidov qoralangan. Adolat yuzasidan qayd etish kerakki, u oʻsha davrdagi rahbarlardan biror nimasi bilan ajralib turmagan va u haqida aytilgan koʻp gaplar haqiqatga mos kelmaydi.

— Lekin unga nisbatan iliq munosabat saqlanib qolgan-ku?

— Oddiy odamlar u haqida iliq xotirlashadi, xalq xotirasi esa eng oliy mukofot. Hamma aybni unga agʻdarishgan, u nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun Sovet Ittifoqining bosh korruptsiyachisiga aylangan… Agarda u korruptsiyaga aloqador boʻlgan boʻlsa, bundan qochishning iloji yoʻq edi, chunki korruptsiya barcha sovet respublikalarida bor edi. Shunchaki aynan Oʻzbekistonni tanlashgan, u yerda korruptsiyaga qarshi emas, shaxsan Sharof Rashidovga qarshi, u tarbiyalagan kadrlarga qarshi kurashishgan. Ozarbayjonda yoki 1972 yilda Gruziyada boʻlib oʻtgan korruptsiyaga qarshi jarayonlarda rahbarlarni mahalliy amaldorlar agʻdarishgan. Oʻzbekistonga esa Moskvadan cheksiz vakolatlarga ega boʻlgan butun boshli desant tashlangan.

— Kitobingiz qahramoni haqida mehr bilan gapirasiz. Aksincha, uning qanday kamchiligi sizga yoqmaydi?

— Rashidovning bir kamchiligi boʻlgan – u ishonuvchan inson boʻlgan. Bu har qanday ziyoli insonga xos. Barcha sovet arboblari koʻproq partiyaviy boʻlishgan, Rashidov esa sobiq oʻqituvchi, yozuvchi, siyosatda kamroq yurgan shaxs boʻlgan. U barchani oʻziga oʻxshatgan va mana shunda adashgan. Rashidov oʻzi egri qadam tashlamagani uchun u ishga taklif qilgan odamlar ham shunday boʻladi deb hisoblagan.

— Koʻpchilik Rashidovni siyosiy tizim qurboni boʻlgan deydi. Bu fikrga qoʻshilasizmi?

— U romantik boʻlgan. U oktyabr inqilobi arafasida tugʻilgan va ehtimol mana shu holat unga romantizm bagʻishlagan.

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi

Uning sovet tizimi bilan munosabatlarini oladigan boʻlsak, uning faoliyatiga bosqichma-bosqich qarashimiz lozim. 1940-yillardagi Sharof Rashidovich mana bu, u 1950-yillarda, 1960-1970-yillarda butkul boshqa Sharof Rashidov.

Rashidov va unga oʻxshagan boshqa romantiklar oʻrniga Eduard Shevardnadzega oʻxshagan tijoratchilar kela boshladi. Rashidov umri oxirlarida bu tizim qayoqqa qarab ketayotganligini va hokimiyat tepasiga qanday odamlar kelayotganini juda yaxshi tushundi. Uni 1980-yillar oʻrtalarida shakllangan tizim qurboni deb atash mumkin.

— Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan Rashidov ham "paxta ishi"dagi boshqa ayblanganlar qatori oqlandi. Hozirda Oʻzbekistonda 100 yillik tavallud ayyomi arafasida ushbu siyosatchi qaytadan kashf etilayotgandek. Bu kimning xizmati: yangi prezidentningmi yoki xalqning soʻrovimi?

— Menimcha, hammasi tabiiy. 2007 yilda Oʻzbekistonga kelganimda Rashidovning nomini ommalashtirish boʻyicha hech qanday kampaniya oʻtkazilmasa ham uni eslashardi. Unga haykal qoʻyilgan, uning nomi bilan koʻchalar atalgan.

Rashidov yetuk arbob boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. Mamlakatning ilgarigi rahbarlari uning xotirasini saqlab qolishgan. Xalq xotirasi ham, hukumat xotirasi ham Rashidov tavalludining 100 yilligi arafasida bir-biriga mos keldi. Bunda bugungi rahbariyatning ham hissasi beqiyos. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokisiz bunday miqyosdagi tadbirni tashkil qilish qiyin edi. Rashidov tarjimai holidagi qora dogʻlar esa tez orada oʻchib ketadi deb umid qilaman.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala