Iqtisod

"Kamaz" va "Oʻzavtosanoat" Oʻzbekistonda qoʻshma korxona tashkil etadi

© kamaz.ruSergey Kogogin i predsedatel pravleniya AO "Uzavtosanoat" Umidjan Salimov podpisali dogovor o sotrudnichestve
Sergey Kogogin i predsedatel pravleniya AO Uzavtosanoat Umidjan Salimov podpisali dogovor o sotrudnichestve - Sputnik Oʻzbekiston
"KamAZ" avtomobillarini yigʻish uchun dastlabki 100 ta yigʻuv toʻplamini dekabr oxiriga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. "Kamaz" va "Oʻzavtosanoat" Oʻzbekistonda yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Rossiya avtokorxonasi matbuot xizmati.

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruv raisi Umidjon Salimov va "KamAZ" bosh direktori Sergey Kogogin Oʻzbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirokida Oʻzbekistonda yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni koʻzda tutuvchi hamkorlik bitimini imzoladi.

Gruzovыe avtomobili KAMAZ - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda "KAMAZ" mashinalari yigʻiladi

"KamAZ" markasi ostidagi yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarish UzAuto Trailer MCHJ quvvatida tashkillashtiriladi. Kelgusida respublika hududida avtomobillarni yigʻish boʻyicha qoʻshma korxona yaratiladi.

Shartnomaga koʻra, "Kamaz" va "Oʻzavtosanoat" oʻz faoliyatini mos ravishda "Kamaz" tashqi savdo kompaniyasi" va i UzAutoTrailer orqali olib boradi. UzAutoTrailer shassi yigʻish, oʻzi tomonidan va hamkorlikda ishlab chiqarilgan sozlamalarni montaj qilish bilan shugʻullanadi.

"KamAZ" avtomobillarini yigʻish uchun dastlabki 100 ta yigʻuv toʻplamini dekabr oxiriga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Tayyorlangan yuk mashinalari Oʻzbekiston ichki bozorida sotiladi qoʻshma distribyutor-tashkilotlar hamda uning dilerlik tarmogʻi orqali va eksport bozorlariga yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, hamkorlik shartnomasi doirasida Oʻzbekistondan "KamAZ" korxonalariga butlovchi qismlar va maxsus kuzovlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala