Jamiyat

Medvedev: MDH davlatlari savdodagi toʻsiqlarni olib tashlashlari darkor

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG
Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra Hamdoʻstlik mamlakatlarida tovar almashish hajmi chorak baravarga oshgan

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. MDH hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida soʻzga chiqqan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Hamdoʻstlik shunday koʻrinishdagi barcha xalqaro maydonlar ichida eng mustahkam va puxta ishlab chiqilgan shartnomaviy asosga ega ekanligini taʼkidladi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Aripov: MDH hududida toʻlaqonli erkin savdo zonasini tashkil etish zarur

"Bu oʻz mevasini bermoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra Hamdoʻstlik mamlakatlarida tovar almashish hajmi chorak baravarga, uchinchi davlatlar bilan 27 foizga oshgan. Agarda butun MDH makonida erkin savdo hududi tamoyillarini joriy etadigan boʻlsak, bu savdo-iqtisodiy munosabatlarimizga yangi turtki beradi", — dedi Rossiya bosh vaziri.

U shu bilan birga hozirda bu boradagi ishlar faol olib borilmayotganini, koʻplab toʻsiq va byurokratik masalalarni yechish zarurligini qoʻshib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda MDH hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala