Jamiyat

Toshkent–Samarqand yoʻnalishidagi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnovi vaqtincha toʻxtatiladi

Vыsokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Vыsokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston
3, 4, 5 noyabr kunlariga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temiryoʻl kassalarida qaytarib olinadi

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. 3, 4, 5 noyabr kunlari Toshkent–Samarqand–Toshkent yoʻnalishida qatnayotgan 764/763-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qatnovi texnik sabablarga koʻra vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" aktsiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur kunlarga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temiryoʻl kassalarida qaytarib olinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkinligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala