Turizm

Oʻzbekistonda ziyorat turizmi boʻyicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Musulmon davlatlari, ayniqsa, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan Oʻzbekistondagi muqaddas qadamjolarga sayyohlarni jalb qilish ish olib borilmoqda

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda ziyorat turizmi assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha saʼy-harakatlar boshlandi. Bu haqda Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori SH.Minovarovga asoslanib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va mamlakatdagi yetakchi sayyohlik firmalar ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazildi.

SH.Minovarov mamlakatga keladigan sayyohlar oqimini koʻpaytirish yoʻnalishida ziyorat turizmi tashkil etilayotganini taʼkidladi.

Turoperatorы Tadjikistana i Uzbekistana zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v ramkax biznes-foruma - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston va Tojikistonning turizm kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi

Shuningdek, musulmon davlatlari, ayniqsa, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlardan Oʻzbekistondagi muqaddas qadamjolarga sayyohlarni jalb qilish boʻyicha ishlar jadal ketayotganini alohida qayd etdi.

Minovarovning soʻzlariga koʻra, bu boʻyicha Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, "Oʻzbekturizm" tashkiloti bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oʻzbekistonda ziyorat turizmi assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha saʼy-harakatlar boshlangan.

Majlisda ziyorat turizmi boʻyicha gidlarni qayta tayyorlash, maʼlumotnoma kitobchalarining yangi tahririni nashr etish, tarqatma materiallar, bukletlar, bannerlar, slaydlar tayyorlash, muborak qadamjolarni ziyorat etish odoblarini ishlab chiqish, aeroport va viza berish xizmatlarini yengillashtirish hamda xorijiy hamkorlar, elchixonalar bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala