Jamiyat

Oʻzbekiston va Peterburg qator sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi

© Administratsiya Sankt-PeterburgaGubernator Sankt-Peterburga Georgiy Poltavchenko vstretilsya segodnya v Cmolnom s delegatsiyey Respubliki Uzbekistan vo glave s gosudarstvennыm sovetnikom Prezidenta Respubliki Uzbekistan, predsedatelem Tsentralnogo soveta Soyuza molodeji Uzbekistana Kaxramonom Kuranbayevыm.
Gubernator Sankt-Peterburga Georgiy Poltavchenko vstretilsya segodnya v Cmolnom s delegatsiyey Respubliki Uzbekistan vo glave s gosudarstvennыm sovetnikom Prezidenta Respubliki Uzbekistan, predsedatelem Tsentralnogo soveta Soyuza molodeji Uzbekistana Kaxramonom Kuranbayevыm. - Sputnik Oʻzbekiston
Sankt-Peterburg gubernatori mehnat migratsiyasini muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yoʻnalishda qoʻshma loyihalar tashkil etish, yoshlar tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ustuvor vazifalar ekanligini aytdi

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko Smolniyda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda shahar maʼmuriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida Poltavchenko mehnat migratsiyasini muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yoʻnalishda qoʻshma loyihalar tashkil etish, yoshlar tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ustuvor vazifalar ekanligini bildirdi.

Delegatsiya Soyuza molodeji Uzbekistana pribыla v Novosibirsk - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Novosibirskdagi oʻzbekistonlik yoshlarga munosib mehnat sharoiti yaratib beriladi

Gubernator Oʻzbekiston hukumatining yoshlarga berayotgan eʼtiborini ijobiy baholadi.

Qahramon Quronboyev Oʻzbekiston delegatsiyasi shimoliy poytaxtga Sankt-Peterburg bilan yoshlar siyosati borasida hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun tashrif buyurganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, 30 oktyabr kuni Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi boshchiligidagi 21 kishilik Oʻzbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari boshlandi.

Delegatsiya tarkibidan Oʻzbekiston prezidenti Devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlik, Din ishlari boʻyicha qoʻmita va boshqa mutasaddi idoralar vakillari oʻrin olgan.

Safar 9 noyabrga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala