Iqtisod

Aripov: MDH hududida toʻlaqonli erkin savdo zonasini tashkil etish zarur

Aripov MDH hukumat rahbarlari yigʻilishida Hamdoʻstlik hududida toʻlaqonli erkin savdo zonasini tashkil etishga alohida eʼtibor berishni taklif qildi. Buning natijasida MDHga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro tashqi savdoni kengaytirish, yangi ishlab chiqarishlarni tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov MDH hududida erkin savdo zonasini tashkil etishga alohida eʼtibor berish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirxiyoyeva s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev MDH davlatlari bosh vazirlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

"Oʻzbekiston MDH doirasida koʻplab yoʻlanalishlar boʻyicha faol ishtirok etishni taʼminlaydi", — dedi Aripov Hamdoʻstlik hukumat rahbalari yigʻilishida.
Bu yerda birinchi navbatda savdo-sotiq, investitsiya, transport, turizm, taʼlim, ilm-fan va xavfsizlik yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilish nazarda tutilmoqda.

Aripov yigʻilishda MDH hududida toʻlaqonli erkin savdo zonasini tashkil qilishga eʼtibor berishni taklif qildi. Bu oʻz navbatida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro tashqi savdoni kengaytirish va yangi ishlab chiqarishlarni tatbiq etish, qoʻshimcha ish joylarni tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.

Bundan tashqari, Aripov transport kommunikatsiya sohasini rivojlashtirish, kelishilgan va samarali tarif siyosatini amalga oshirish, Hamdoʻstlik mamlakatlarida mavjud boʻlgan turizm salohiyatini yanada rivojlashtirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor berish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

"Terrorchilik, ekstremistik kuchlarga, shuningdek narkotrafikka qarshi birgalikda muvofiqlashtirilgan kurashish, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor berish zarur", — dedi Aripov.

Oʻzbekiston bosh vazirining fikriga koʻra, gumanitar va madaniy aloqalar almashinuvi mamlakatlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro ishonchi munosabatlarni mustahkamlaydi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda MDH hukumat rahbarlari kengash yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilish ishtirokchilari iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy sohalardagi 19 ta masalalarni koʻrib chiqish rejalashtirilgan. Yigʻilish Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala