Dunyoda

"Islom davlati" Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi

© Don EMMERT / AFPPolitseyskiye na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke
Politseyskiye na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Terrorchi Sayfullo Soipov oʻziga qarashli yuk mashinasida hujumni "ID" terrorchilik uyushmasi nomidan amalga oshirganligini haqida xat yozib qoldirgan

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. "ID" terrorchilik uyushmasi Nyu-Yorkda sodir etilgan, sakkiz kishi umriga zomin boʻlgan terakt uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti Reyterga tayangan holda.

Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni Nyu-York shahrida yuk mashinasi Manxetten janubi-gʻarbida  velosiped yoʻlakchasiga chiqib ketadi. Mashina haydovchisi, oʻzbekistonlik Sayfullo Saipov oʻz yoʻlida velosiped haydovchilarini bosib oʻtgan va soʻngra maktab oʻquvchilari avtobusiga borib urilgan.

Terrorchi oʻz mashinasida hujumni "ID" terrorchilik uyushmasi nomidan amalga oshirganligini haqida xat yozib qoldirgan. MQB (FBR) maʼlumotlariga koʻra, Saipovning mobil telefonida 90 ga yaqin videoyozuvlar va taxminan 3,8 ming dona fotosuratlar aniqlangan boʻlib, ularning aksariyati "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi tashviqotlari bilan bogʻliq boʻlgan. Xususan, uyali aloqa telefonida "ID" jangarilari tomonidan amalga oshirigan qatllar, shuningdek terrorchilar ramzlari belgilari va ularning yetakchisi suratlari boʻlgan.

© REUTERS / Brendan McDermidMesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke
Mesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Mesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke

Saipov politsiya xodimlari tomonidan jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan. U teraktni amalga oshirganlik va terrorizmni qoʻllab-quvvatlaganlikla ayblangan, Oʻzbekiston fuqarosi oʻlim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala