Siyosat

Sharof Rashidov oʻzi xizmat qilgan tizim qurboni boʻldi - Sadullo Muhammadqulov

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishPervыy sekretar TSK KPSS Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidov
Pervыy sekretar TSK KPSS Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
"Paxta ishi"da Sharof Rashidovichni qoralab, uni sal qolsa "marionetka"ga chiqarmoqchi boʻlganlarning hammasi uydirmalarni yozishgan. Chunki oxir-oqibat u kishining oʻzi bu tizimning qurboni boʻldi", deb xotirladi Sharof Rashidovning xos soqchisi Sadullo Muhammadqulov

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻttiz toʻrt yil muqaddam — 1983 yilning 31 oktyabrida vafot etgan Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidovning oʻlimi toʻgʻrisida matbuotda tibbiy xulosadan boshqa hech narsa chop etilmagan. Sharof Rashidov oʻz ajali bilan oʻlganmi yoki oʻz joniga qasd qilganmi, yoxud oʻldirilganmi, degan savollar oqimi hali-hanuz toʻxtagani yoʻq.

Faqat bir narsa — Sharof Rashidovning oʻlimiga — paxta, aniqrogʻi oʻsha mashʼum "paxta ishi" sabab boʻlganini hech kim inkor etmaydi.

"Ryazan moʻʼjizasi"

82-yildan boshlab, iqtisodiy va korruptsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan Oʻzbekiston SSRda olib borilgan "paxta ishi"dan Sharof Rashidovning xabari bormidi yoki yoʻq? Mana shu qoʻshib yozishlar masalasi aslida qayerdan paydo boʻlgan?

Fidel Kastro (sleva) i pervыy sekretar TSK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
Sharof Rashidovning oʻlimiga oydinlik kirituvchi yuqoridagi savollarga javob tarzida internet makonida keltirib oʻtilgan tarixiy faktlardan birini eʼtiboringizga havola qilamiz.

…1957 yilning may oyida Butunittifoq qishloq xoʻjaligi xodimlari kengashida ishtirok etgan KPSS MK bosh kotibi Nikita Xruщev oʻzining "qaynoq nutqi" davomida: "asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarda Amerikaga yetib olamiz va undan oʻzib ketamiz" degan shiorni eʼlon qiladi.

Xruщev uch yil ichida goʻsht, sut va yogʻ mahsulotlarini ishlab chiqarishda Amerikani ortda qoldirishga bel bogʻlagan edi.

Tabiiyki, yetakchining ushbu tashabbusi darhol "quyi rahbarlar" tomonidan "olqishlar" bilan qarshi olinadi. Ayniqsa, Ryazan viloyati partiya tashkilotining birinchi sekretari Aleksey Larionov oʻzgacha shijoat namoyish etib, omma oldida 1959 yilda davlatga goʻsht yetkazib berish hajmini uch barobar ortigʻi bilan bajarishga vaʼda beradi.

Vaʼda vaʼdaligicha qolib ketar edi ham balki… Ammo Larionovning soʻzlarini "Pravda" nashri butun Rossiyaga yoyib yuborgach, kotib ortga chekina olmay qoladi.

Oʻz ogʻzi bilan bergan vaʼda — olamshumul rejani bajarish uchun Larionov tez fursatda hatto sogʻin sigirlarni ham soʻydirtirishga buyruq beradi. Bu qarori bilan u Ryazan viloyatidagi kolxozlar kelajagini qurbon qilgan edi.

SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jizzaxda Sharof Rashidov byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Sal oʻtib esa omadsiz-zarbdor ishchi qora mollarni sotib olib kelishlari uchun oʻz vakillarini qoʻshni viloyatlarga yubora boshlaydi. Ish shu darajaga borib yetadiki, qoʻshni regionlarda mol oʻgʻirliklari holatlari haddan ortib ketadi.

Oxir-oqibat, 1959 yilda Ryazan viloyati yolgʻon-yashiqlar bilan boʻlsa ham goʻsht boʻyicha rejani bajaradi. Larionov fursat oʻtmay shohsupaga koʻtariladi — u Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Lekin qahramonning quvonchi uzoqqa choʻzilmaydi. Kelasi yilga kelib viloyatda qora mollar soni 70%ga qisqaradi, hudud moliyaviy jihatdan tang ahvolda qoladi. Goʻsht va don ishlab chiqarish darajasi 1958 yilgidan ham pastroqqa tushib, endilikda Moskvadan ishning haqiqiy ahvolini yashirishning iloji qolmagandi.

Tergov ishlarini oʻtkazish uchun Moskvadan maxsus komissiya tashrif buyurgach, Larionov ish kabinetida oʻzini otib oʻldiradi.
Larionov tomonidan amalga oshirilgan afera tarixga "Ryazan moʻʼjizasi" nomi bilan kiritilgan.

Keraksiz bellashuv oqibatlari

"Endi esa tasavvur qiling, —deydi yuqoridagi singari holatlarga izoh berish istagida Sadullo aka — yuqoridan, yaʼni Kremldan buyruq kelyapti: deylik "besh kun muhlat" bilan "plan" ham qoʻyilyapti, lekin hech kim bu qanday amalga oshirilishi haqida aytmagan. Chunki yuqoridagilarga faqat natija kerak edi. Respublika kotiblari Bosh kotibga reja bajarilgani haqida bayonot berishlari, Bosh kotib esa "bizda falon miqdorda paxta, goʻsht va yogʻ bor", deya butun dunyoda aytishi kerak edi…

Deputatы Gdlyan i Ivanov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tangalar mingta edi, Abdujabbor!" yoxud Gdlyan va Ivanov haqida yana bir hikoya
Shu oʻrinda, "XX asr: Taqdirlarda aks etgan tarix" kitobidan iqtibos keltiramiz: "…70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab qoʻshib yozish chiqib boʻlmas xalqaga oʻxshab qolgan edi. Rejani bajarmagan rahbar ishdan boʻshatilardi, demak, amalda qolish uchun qoʻshib yozish, kattaroq amalga koʻtarilish uchun esa koʻproq qoʻshib yozish kerak boʻlardi".

SSSR va Amerika oʻrtasidagi oʻzaro sovuq urush va hech kimga keraksiz bellashuv — mana shunday fojiali oqibatlarni keltirib chiqardi.

Ushbu bellashuvning "aks-sadosi"ni Oʻzbekistonda ham koʻrdik.

Oʻzi xizmat qilgan tizim qurboni

Sharof Rashidov tekshiruvlar boshlanishini bilgan, — gapida davom etadi suhbatdosh. — Moskva shahrida yirik paxtani qayta ishlash zavodlari rahbarlari qoʻshib yozish holatlari boʻyicha qoʻlga tushgach, Oʻzbekiston SSR Birinchi kotibiga "Biz Oʻzbekistonda tekshiruv oʻtkazamiz", deb aytishgan. Sharof Rashidovich bunga monelik qilmagan, aksincha, "tekshirishlaringiz mumkin", deb aytgan va shu bilan maxsus komissiya Buxoroga kelgan.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obroʻga ega boʻlgan? - Xos soqchi xotiralari
Bu yerda nega Sharof Rashidov monelik qilmagan degan savol tugʻilishi mumkin. Polkovnikning soʻzlariga koʻra, oʻsha davrda baʼzi bir respublika va shaharlarda shov-shuvli jinoyatlarga dahldor boʻlgan "ish"lar fosh etilayotgani haqida xabarlar eʼlon qilinib borgan.

"Paxta ishi"ga qadar, Krasnodar oʻlkasi birinchi sekretari bilan bogʻliq "Medunov ishi", Moskvadagi "Yeliseyev gastronomi" singari shov-shuvli jinoiy ishlar boʻlib oʻtgan — bu tizim butun sovet ittifoqini qamrab olgan edi", — qoʻshimcha qiladi suhbatdosh.

Sadullo akaning aytishicha, albatta, "paxta ishi"da oshirib yuborishlar, noqonuniy harakatlar juda koʻp boʻlgan. Aks holda oxir-oqibat Siyosiy byuro ham, SSSR Oliy prezidiumi kengashi ham bu ish notoʻgʻri boʻlganligini tan olmasdi. Sharof Rashidovich oʻlganligidan foydalanib 1989 yilgacha bu ish davom ettirilgan boʻlsa, Moskvada demokratiya paydo boʻlgach, "paxta ishi" bekor qilinib, Gdlyan va Ivanovlar esa hatto mansablaridan haydab solingan…

"Men shu yerda bir gapni aytib oʻtmoqchiman, "paxta ishi"da Sharof Rashidovichni qoralab, uni sal qolsa "marionetka"ga chiqarmoqchi boʻlganlarning hammasi uydirmalarni yozishgan. Chunki oxir-oqibat Sharof Rashidovning oʻzi ushbu tizim qurboni boʻldi.

Sharof Rashidovich bu tizimni oʻzgartira olmasdi. Uni oʻzgartirish uchun, Kremlda ham hammasini oʻzgartirish kerak boʻlib, u yerdagilar esa oʻzgarishni xohlamasdi. Shu bois, tizimdagi bor kamchiliklarni Sharof Rashidovning, ustiga ustak — marhum Sharof Rashidovning yelkasiga agʻdarish, bu — oʻzbekona tilda aytganda — gunoh", — deya suhbatga yakun yasadi Sadullo Muhammadqulov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala