Siyosat

Tramp va Putin ATES sammitida uchrashishi mumkin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Vyetnamning Dananga shahrida 6-11 noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ATES)ga aʼzo boʻlgan davlatlar rahbarlari sammiti oʻtkaziladi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazish niyati borligini maʼlum qildi.

Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

"Bu oʻta muhim sammit. Putin bilan uchrashuvimiz boʻlishi mumkin… bu juda muhim. Ular bizga Shimoliy Koreya va Suriya borasida yordam berishi mumkin. Ukraina haqida ham suhbatlashib olish zarur", — deb taʼkidladi Tramp Fox News telekanali orqali efir chogʻida.

Vyetnamning Dananga shahrida 6-11 noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ATES)ga aʼzo boʻlgan davlatlar rahbarlari sammiti oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning birinchi yuzma-yuz uchrashuvi iyul oyida Gamburgda "G20-Katta yigirmatalik" sammiti doirasida boʻlib oʻtgandi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov soʻzlariga koʻra, hozircha ATES sammitidagi muzokaralar borasida aniqlik yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala