Sankt-Peterburgda YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

© VK "DTP i ChP. Sankt-Peterburg" Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge
Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mikroavtobus va BMW avtomobili to‘qnashuvi natijasida birinchisi ag‘darilib tushgan. Ichida bo‘lgan yo‘lovchilar zarar ko‘rgan.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘tgan tunda, Sankt-Peterburgda Mersedes mikroavtobusi va BMW avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda ijtimoiy tarmoqlardagi "DTP i ChP. Sankt-Peterburg" guruhi a’zolari.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, YTH Bolshoy Sampsoniyevskiy shoh ko‘chasi va Kantemirovskaya ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Guvohlar ko‘rsatmalariga ko‘ra, BMW X6 haydovchisi, ayol kishi, harakat ustuvorlik huquqiga  ega bo‘lgan, Mersedes mikroavtobusini  o‘tkazib yubormasdan, uning yon qismiga borib urilgan. Oqbatda mikroavtobus ag‘darilib tushgan.

© VK "DTP i ChP. Sankt-Peterburg" Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge
Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge
BMW qizil chiroqda katta tezlik bilan harakatlanayotgan edi! Odamlarga to‘la avtobus!” – deb yozgan Yekaterina ismli foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqda.

YTH sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinalari va ikkita reanimatsiya avtomobili yetib kelgan. YTH oqibatida olti kishi jarohatlandi. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan deb xabar qilmoqda "Peterburg" telekanali.

© VK "DTP i ChP. Sankt-Peterburg" Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge
Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Jenshina na BMW protaranila mikroavtobus s uzbekistansami v Peterburge

 

 

Yangiliklar lentasi
0