Jamiyat

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka va pishloq yetkizib beradi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMeshki s kartofelem. Arxivnoye foto
Meshki s kartofelem. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston hukumati qozoq-qirgʻiz chegarasidagi muammolar tufayli, oʻz mahsulotlari uchun yangi bozorlar izlamoqda.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Qirgʻizistondan kartoshka va pishloqlar, shuningdek, qurilish toshi va koʻmir sotib olishga tayyor, dedi Qirgʻiziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov, Nuz.uz xabariga asosan.

Qirzigʻiston vazirining soʻzlariga koʻra, Almazbek Atambayev qozoq-qirgʻiz chegarasidagi muammolar tufayli, hukumatga mahsulotlarni sotish uchun alternativ bozorlar topishni buyurgan.

"Biz Toshkentda bir necha hujjatlar imzoladik. Yaqin orada bizning tadbirkorlarimiz oʻz mahsulotlarini taklif etishlari va hamkor topishlari uchun, oʻzbekistonlik hamkorlarimiz bilan biznes-muzokaralar oʻtkazamiz. Xitoy tomoni bilan ham shunday muzokaralar olib borilmoqda", — dedi Novikov.  

Vazir aytishiga qaraganda, Qirgʻiziston kartoshka, sut mahsulotlari, sirlar, qurilish toshi va koʻmir taklif qilishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala