Iqtisod

Oʻzbekiston hunarmandlarining eksport faoliyati ragʻbatlantiriladi

© Sputnik / /StringerVыstavka remeslennikov v ramkax festivalya "Mir glazami studenta"
Vыstavka remeslennikov v ramkax festivalya Mir glazami studenta - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻli gul ustalarga oʻz mahsulotlarini bozor va supermarketlarda sotishi uchun keng imkoniyat yaratish, agar ular xohlasa oʻz xonadonida doʻkon ochishi mumkinligi taʼkidlandi

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Bundan buyogʻiga Oʻzbekistonda hunarmandlarning eksport faoliyati ragʻbatlantiriladi. Ularga oʻz mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, jumladan, bank hisobraqamlaridan xorijiy valyutani naqd holda olish huquqi beriladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda taʼkidlandi.

Fond imeni Islama Karimova sovmestno s Postoyannыm Predstavitelstvom Uzbekistana pri YUNESKO vыpustil knigu Renessans uzbekskogo shelka, posvyaщennuyu mnogovekovoy shkole tkachestva po texnologii ikat - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov Fondi oʻzbek hunarmandligiga bagʻishlangan kitobni nashr etdi
Yigʻilishda xalq hunarmandligi va amaliy sanʼatini rivojlantirish, ular tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hunarmandlar markazlari faoliyatini kengaytirish, ular ishlab chiqargan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazishni osonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Xususan, qoʻli gul ustalarning oʻz mahsulotlarini bozor va supermarketlarda sotishi uchun keng imkoniyat yaratish zarurligi, xohlasa oʻz xonadonida doʻkon ochishi mumkinligi taʼkidlandi. Doimiy savdo joyiga ega boʻlmagan, vaqtinchalik joylarda savdo qilayotgan hunarmandlarga savdo qilish qoidalari asosida talab etiladigan kassa apparati va savdo terminalidan foydalanish hamda tijorat banklariga savdodan tushgan naqd pulni inkassatsiya qilish talablari ixtiyoriy etib belgilanadi.

Yigʻilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq, har bir viloyatda maxsus koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etilib, ularda hunarmandlar bepul ishtirok etadi. Shuningdek, ularning xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, festival va yarmarkalarda qatnashishiga koʻmaklashiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala