Jamiyat

500 va 1000 soʻmlik qogʻoz pullar muomaladan chiqarilib oʻrniga tangalar kiritiladi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Tanga pul ishlab chiqarish narxi qogʻoz pulga nisbatan qimmat boʻlsada, ulardan qogʻoz pulga nisbatan bir necha bor uzoq muddat davomida foydalanish mumkin.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda, Markaziy bank topshirigʻiga koʻra, noyabr oyidan boshlab 500 va 1000 soʻmlik qogʻoz pullar tezlashtirilgan tartibda muomaladan chiqarila boshlaydi, deb xabar qilmoqda Troll.uz.

Xabarda aytilishiga koʻra, qogʻoz pullar oʻrniga 500 va 1000 soʻmlik qiymatga ega boʻlgan tanga pullar muomalaga kiritilishi mumkin.

Tanga pul ishlab chiqarish narxi qogʻoz pulga nisbatan qimmat boʻlsada, ulardan qogʻoz pulga nisbatan bir necha bor uzoq muddat davomida foydalanish mumkin.

Undan tashqari, tanga pullardan metro va avtobusga avtomtlashgan tartibda chipta sotib olishda yoki turli avtomatlashgan savdo qurilmalarida foydalanish mumkin. Masalan, xorijiy mamlakatlarda ofislar ichiga ichimlklar yoki shokolad va boshqa yeguliklar sotuvchi avtomatlar ommamiy tartibda oʻrnatilgan. Ularning aksariyati tanga pul yoki kredit karta yordamida savdo qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala