Jamiyat

Rossiya Milliy bankka 250 mln dollarlik kredit liniyasini ochadi

Ushbu haqida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Toshkentga boʻlgan tashrifi davomida kelishib olindi.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya hukumat rahbari Dmitriy Medvedevning Toshkentga boʻlgan tashrifi davomida Oʻzbekiston Milliy banki va Rossiyaning Vneshekonombanki orasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi, deb xabar qilmoqda Milliy bank matbuot xizmati.

Shartnomaga koʻra, Rossiyaning Vneshekonombanki Oʻzbekiston Milliy bankiga Energetika sohalidagi loyihalar uchun 10 yil muddatga 250 mln dollargacha boʻlgan kredit liniyasi ochadi. Ushbu mablagʻlar Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali energetika uskunalarini sotib olish uchun sarflanadi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali energetik uskunalar Sirdaryo IESi va Farxod GESi uskunalarini yangilashda ishlatiladi.

Ushbu Hamkorlik shartnomasi haqida dastlab, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga boʻlgan rasmiy tashrifi davomida kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala