Oʻzbekistonda davlat notariuslari yoʻq qilinadi

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Kelasi yilning 1 yanvaridan boshlab davlat notarial idoralari nodavlat idoralarga aylantirib boriladi

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻz-oʻzini moliyalashtirishga asoslangan nodavlat byudjetdan tashqari notariuslarni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2018 yil 1 yanvardan boshlab davlat notarial idoralari nodavlat idoralarga aylantirib boriladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
27 nafar davlat notariusiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan - Adliya vazirligi
Bu haqdagi tegishli qaror Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va loyiha muhokama uchun eʼlon qilingan.

Hujjatga koʻra, notarial idoralarni moliyalashtirishning adolatli sharoitlarini yaratish orqali notariuslarning oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatishlariga erishish rejalashtirilgan.

Bahssiz daʼvolar boʻyicha sud qarorlarini chiqarish amaliyotini qisqartirish hisobiga qarzdordan pul mablagʻlari va mol-mulkni undirish toʻgʻrisidagi notariuslar ijro qaydlarini joriy etishni kengaytirish belgilangan. Bu sud tizimida ish hajmining sezilarli darajada qisqarishiga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Notarial palatasini taʼsis etish va barcha notariuslarning unga majburiy ravishda aʼzo boʻlishini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan. Nodavlat palata notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Farmon loyihasida 2018 yil 1 iyulidan Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotnomalarni taqdim etish haqidagi talab bekor qilinadi. Zarur maʼlumotlar faqatgina idoralararo elektron aloqani qoʻllash yoki kommunal qarzdorlikni qoplash toʻgʻrisida tomonlarning yozma xatini olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent notarial idoralari Adliya vazirligining bevosita rahbarligiga oʻtkaziladi
Eslatib oʻtamiz, 2008-2010 yillar davomida turli qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan 110 ta xususiy notariuslar javobgarlikka tortilgandi. Shuningdek, 49 ta xususiy notarial idoralar litsenziyasi amal qilish muddati toʻxtatib qoʻyilib, 61 ta notarial idoralar intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Biroq ushbu yoʻnalishda vaziyat oʻzgarmadi. 2017 yilning oʻzida 67 nafar xodimlarga nisbatan turli huquqiy taʼsir choralari qoʻllanildi. Jumladan, 5 nafar notarial idora xodimlari boʻshatilgan va 27 nafar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, yaqinda aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov ijobiy natijalarni bermadi. Soʻrovda qatnashgan odamlar notarial idoralarda uzoq vaqt va koʻp mablagʻ yoʻqotilishi, notarius xodimlarining kamligi, sifatsiz xizmat koʻrsatilishi va yetarli malakasi yoʻqligini maʼlum qilishgan.

Soʻrovda qatnashganlarning 60 foizi notarial idoralar noqonuniy faoliyat koʻrsatishlari va preyskurantda belgilangan narxlardan koʻp mablagʻ olinishini bayon qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala