Siyosat

Mirziyoyev: Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov memorial muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga oʻz fikr va taassurotlarini yozib qoldirdi

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan qayta qurib bitkazilgan memorial muzeyda boʻlib, bu yerdagi ekspozitsiyalar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar qildi "Xalq soʻzi" nashri.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obroʻga ega boʻlgan? - Xos soqchi xotiralari
"Muzey Sharof Rashidov haqida toʻliq maʼlumot beradigan, u kishining ruhlarini sezadigan joy boʻlishi kerak", dedi prezident, va bu yerga oʻquvchi-yoshlarning muntazam tashrifini yoʻlga qoʻyib, turli tadbirlar oʻtkazish zarurligini qoʻshimcha qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov memorial muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga oʻz fikr va taassurotlarini yozib qoldirdi.

Unda shunday soʻzlar bor: "Xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi…

Har qanday murakkab sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini oʻylab yashagan Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Bugun Jizzax shahrida ish boshlayotgan Sharof Rashidov memorial muzeyi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi, deb ishonaman".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala