Jizzaxda Sharof Rashidovning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

© Sputnik / V. Chistakov / Mediabankka o‘tishBabrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov
Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax shahrida Sharof Rashidovning 100-yilligiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan: ko‘cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Atoqli davlat arbobi Sharof Rashidovning 100-yilligi arafasida uning oila a’zolari bilan Jizzax Davlat Pedagogika institutining kichik majlislar zalida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qildi Jizzax viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obro‘ga ega bo‘lgan? - Xos soqchi xotiralari
Tadbirda atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sh.Rashidovning hayot yo‘li, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi buyuk xizmatlari xususida yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida Sharof Rashidovning nomini manguliika muhrlanishida munosib hissa qo‘shish maqsadida uning asarlarini ko‘proq targ‘ib qilish, hayot yo‘li to‘g‘risidagi hujjatli filmlarni aholi va yoshlar o‘rtasidagi targ‘ibotiga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir degan taklif va fikrlar ishtirokchilar tomonidan bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6-noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi.

Yangiliklar lentasi
0