Iqtisod

Meva-sabzavot eksportida fitosanitar normalari qayta koʻrib chiqiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoщi na Mejdunarodnoy vыstavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoщi na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 2017 yilda Rossiyaga mevagʻsabzavot umumiy eksporti hajmini 1,55 baravar oshirishni rejadashtirgan. Mutaxasslar xabariga koʻra, Oʻzbekiston umumiy eksportining 60% Rossiyaga toʻgʻri keladi.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda dekabr oyiga qadar fitosanitar normalari qayta koʻrib chiqiladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib oʻtilgan.

“2017 yilning 1 dekabriga  qadar sanitar normalar, fitosanitar talablar boʻyicha mavjud boʻlgan normativ hujjatlarni xalqaro standartlar va meva-sabzavot importyorlari talablariga asosan qayta koʻrib chiqish boʻyicha qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin”, — deyilgan Tashqi savdo vazirligiga yoʻnaltirilgan farmoyish matnida.

Shuningdek, Mirziyoyev Tashqi savdo vazirligiga Oʻzbekistonning meva-sabzavot eksporti boʻyicha mavjud xalqaro shartnomalariga  bir oy ichida kerakli oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish haqida taklif tayyorlashni topshirdi.

Undan tashqari, prezident taaluqli vazirlik va muassasalarga noyabr oyining oʻrtasiga qadar mavjud boʻlgan  import bojxona soliqlari, aktsizlar va sanitar normalarini meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy mamlakat hududlarida saqlash, transportirovka qilish va sotish nuqtai nazaridan tanqidiy qayta koʻrib chiqishni topshirdi.

Metro vagonlarini dezinfektsiya qilish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
2017 yilga kelib Oʻzbekiston xalqaro sanitar qoidalarini joriy qiladi

Biroz oldin Rossiya qishloq xoʻjalik vaziri Sergey Levin 2017 yilning iyul oyidan Rossiya va Oʻzbekiston orasida sinov tartibida “Bojxona yashil yoʻlagi” amal qilayotganini xabar qilgan edi. 2017 yil oxiriga qadar u toʻlaqonli  ishga tushishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya fitosanitariya nazorati boʻyicha “yashil yoʻlak” tashkil qilishni yakunlamoqda. Xususan, ikki mamlakat mutaxassislari “Argus FIto”nomli yagona elektron tizimda ishlay boshladi.

Shu oʻrinda aytish joizki, Rosselxoznadzor, Oʻzbekistondan olib kelingan mahsulotlar orasida tez-tez upakovka, kelib chiqish mamlakati, eksporter yoki reeksporter haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan mahsulotlar aniqlanayotgani haqida xabar berib turadi.

"Oʻzagroeksport" xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2017 yilda Rossiyaga mevagʻsabzavot umumiy eksporti hajmini 1,55 baravar oshirishni rejadashtirgan. Mutaxasslar xabariga koʻra, Oʻzbekiston umumiy eksportining 60% Rossiyaga toʻgʻri keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala