O‘zbekistonda 7-8 noyabr kunlari Internet tarmog‘i vaqtinchalik ishlamasligi mumkin

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi
Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda "O‘zbektelekom" ogohlantirmoqda

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Bugun, 7-noyabr kuni internet ertalabdan sekin ishladi, soat taxminan 13:50-14:40 oralig‘ida esa umuman ishlamay qoldi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, O‘zbekistonni internet bilan ta’minlovchi markaziy provayder — "O‘zbektelekom" AK ushbu holat yuzasidan quyidagicha izoh bergan:

"O‘zbektelekom" aksiyadorlik jamiyati qo‘shni davlatlar hududlarida rejadan tashqari avariya-tiklash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7-8 noyabr kunlarida Internet tarmog‘i vaqtinchalik ishlamasligi mumkinligidan ogohlantiradi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz".

Yangiliklar lentasi
0