Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston parallel energotizim ishini tiklaydi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovLinii elektroperedachi v uщelye Chыchkan v Kirgizii
Linii elektroperedachi v uщelye Chыchkan v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Oʻzbekiston Turkmanistondan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga elektr energiyasini tranzit qiluvchi uzatish tizimi ishlashga tayyor ekanligini bildirgandi

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Tojikiston energiya tizimi bilan parallel ishlash uchun beshta elektr uzatish liniyasini tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Asosiy vazifalarimizdan biri Oʻzbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining parallel faoliyatini tiklashdir. Bugungi kunda oʻzbek va tojik energotizimlarini bogʻlovchi toʻrtta 220 kV va bitta 500 kV kuchlanishga ega liniya tayyor boʻldi. Biz ularni ishga tushirishga tayyormiz", —dedi "Oʻzbekenergo"ning strategik rivojlanish boshqarmasi boshligʻi Eso Sadullayev Sputnik muxbiriga.

Ammo mutaxassisning aytishicha, mazkur quvvatlarni ishga tushirish uchun maʼlum bir texnik koʻrsatkichlar bajarilishi lozim.

Elektricheskaya podstantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi olish tizimini shay holga keltirdi

"Ushbu liniyalarning ishonchliligini va avariyalarning oldini olishni taʼminlash uchun releli himoya va avtomatika loyihasi ishlab chiqilishi darkor. Bu ish tojik tomonining zimmasida. Hozirda mazkur loyiha ishlab chiqilmoqda, bilishimcha, ushbu yoʻnalishda "Rosatom", "Energosetproyekt" bilan muzokaralar oʻtkazilgan. Loyiha tayyor boʻlishi bilan mutaxassislar Oʻzbekiston va Tojikiston nimstantsiyalarida qoʻllanila boshlanadi va ikki mamlakat energotizimi parallel ishlaydigan boʻladi", — dedi "Oʻzbekenergo" vakili.

Loyihani amalga oshirishni tezlashtirish uchun tomonlar boshqa variantlarni ham koʻrib chiqishmoqda.

"Biz tojik tomoniga har qanday koʻrinishdagi hamkorlikni rivojlantirish va ulanishni amalga oshirishga tayyorligimizni maʼlum qildik. Ularning javobini kutmoqdamiz", — taʼkidladi Eso Sadullayev.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo yagona energetik halqasini kengaytirish va faoliyatini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu halqa sobiq Ittifoq davrida tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya taqchilligida muammoga duch kelmaslik imkoniyatini bergan. Ammo SSSR tarqalganidan keyin mazkur tizim faoliyati toʻxtab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala