O‘zbekistonliklarga Koreyada ishlash uchun kvotalarni ko‘paytirish muhokama qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi 12-noyabrga qadar Koreya Respublikasida bo‘ladi

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov boshchiligidagi delegatsiya 12-noyabrga qadar tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalarni ko‘paytirish, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan borish va ish joylarini tashlab ketish darajasini pasaytirish uchrashuv va muzokaralarning muhim mavzulari sanaladi.

Gorod Seul - Sputnik O‘zbekiston
Koreyaga ishga ketishni xohlaganlarni imtihon qilish shartlari ma’lum qilindi

Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekistonga Koreya iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari uchun kvotalar ajratilishi, Koreya hududida O‘zbekiston fuqarolarining noqonuniy yashashi masalalarini hal etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi, Kvanju xorijiy ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Koreya taraqqiyot instituti, Xonnam Kim Yon Se kasb-hunar bilim yurti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Delegatsiya a’zolari Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati bilan tanishadilar, Koreya bandlik va mehnat vazirligi, Koreya prezidenti huzuridagi aholi bandligi qo‘mitasi raisi, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari, Seuldagi yirik ish beruvchilar bilan taqdimotli uchrashuvlar o‘tkazish hamda Seulda joylashgan mehnat migrantlari uchun yotoqxonalarni borib ko‘rish delegatsiya tashrif dasturidan o‘rin olgan.

Ma’lumot berilishicha, ayni paytda Koreyada 17 ming nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0