"Jazolovchi" laqabli o‘zbek bokschisi yanvarda jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

© sports.uzKudratillo Abdukaxxorov
Kudratillo Abdukaxxorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U hozirda 66,6 kilogramm vaznga ega bokschilar orasida WBC reytingida 6-, WBA va IBF reytinglarida 8-o‘rinda bormoqda

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 18-noyabr kuni Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqadi, deb xabar bermoqda "Olamsport" nashri.

Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosov professional boksga o‘tishi mumkin

Xabarda aytilishicha, u aslida shu oyda AQSh zaminidagi ilk jangini o‘tkazishi kerak edi.

"Afsuski, viza muddatini o‘z vaqtida uzaytira olmaganimiz sababli O‘zbekistonga qaytib keldik. Men bilan birga Azizbek Abdug‘ofurov ham qaytdi. Endi 18-noyabr kuni ikkimiz ham Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqamiz", degan u.

Abduqahhorovning aytishicha, uning raqibi o‘zbekistonlik bokschi Sherzod Alimjonov bo‘ladi.

"Nasib qilsa, dekabr oyida yana AQShga jo‘nab ketaman. Rejaga ko‘ra, yanvar oyida jahon chempionligi kamari uchun ringga ko‘tarilaman", — degan Qudratillo.

"The Punisher" (Jazolovchi) laqabi bilan tanilgan Qudratillo Abduqahhorov 1993-yilda Andijonda tug‘ilgan. U hozirda 66,6 kilogramm vaznga ega bokschilar orasida WBC reytingida 6-, WBA va IBF reytinglarida 8-o‘rinda bormoqda. Qudratillo 12ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 8ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Yangiliklar lentasi
0