Sport

Goʻzal Ismatova boks boʻyicha Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi

© SputnikProsmotr boksa na kompyutere
Prosmotr boksa na kompyutere - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chempionatda qitʼaning 20 mamlakatidan yuzdan ortiq charm qoʻlqop ustalari bellashdilar

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Goʻzal Ismatova Vyetnamda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Chempionatda qitʼaning 20 mamlakatidan yuzdan ortiq charm qoʻlqop ustalari bellashdilar.

Vazni 81 kilogrammdan ortiq boʻlgan bokschi qizlar oʻrtasidagi final jangida Goʻzal Ismatova mezbonlar sportchisi Ti Tran Niga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Yangiliklar lentasi
0