Hodisalar

Arab koalitsiyasi Yamanning shimoliy qismini bombardimon qildi - OAV

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPosledstviya aviaudarov VVS koalitsii po Yemenu
Posledstviya aviaudarov VVS koalitsii po Yemenu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eslatib oʻtamiz, 4 noyabr kuni husiylar Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketani uchirgan edi. Saudiya Arabistoni harbiylari raketani urib tushirishga muvaffaq boʻlgan, raketa qoldiqlari Ar-Riyod aeroporti hududiga kelib tushgan edi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning shimoliy qismi boʻylab qator zarbalarni amalga oshirdi. Bombardimonlar natijasida "Ansar Alloh" (husiylar) harakati isyonchilarining oʻndan ziyod dala komandirlari yoʻq qilindi, deb xabar qildi chorshanba kuni RIA Novosti Sky News Arabia sputnik telekanaliga tayangan holda.

Pentagon - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
AQSH Yamanga zarba berdi
Xabarlarga koʻra, Yaman poytaxti — Sananing Naxm tumaniga berilgan zarba natijasida raketa va boshqa qurol-aslahalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullangan 11 nafar isyonchi halok boʻlgan.

Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari, mamlakatning shimoli-gʻarbida joylashgan Hajja provintsiyasidagi qoʻzgʻolonchilar harbiy lageriga hujum qilganlar. Buning oqibatida 50 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, husiylar tayanch punkti hisoblangan Saada shahri ham bombardimon qilingan.

Ayni vaqta, Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi Yamandagi husiy jangarilarning 40 yetakchisi haqidagi axborot uchun 400 mln dollar berishini eʼlon qilgan. Mukofot puli husiylar yetakchilarining hibsga olinishi yoki ularning joylashgan oʻrni haqida axborot berganlarga toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 4 noyabr kuni husiylar Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketani uchirgan edi. Saudiya Arabistoni harbiylari raketani urib tushirishga muvaffaq boʻlgan, raketa qoldiqlari Ar-Riyod aeroporti hududiga kelib tushgan edi.

Raketa urib tushirilishi natijasida hech kimga zarar yetmagan, aeroport faoliyatida ham toʻxtashlar roʻy bermagan.

Hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan husiylar ushbu zarba Arab koalitsiyasi tomonidan Sana va Yamanning shimoliy qismiga berilgan yopirilgan zarbalarga javob ekanligini maʼlum qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0