Turizm

Xorijiy fuqarolarning Oʻzbekistonga kelish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston turistik vizasida koʻrsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Oʻzbekiston TIV konsullik byurolari tomonidan davlat chegarasidan oʻtish punktlarida tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Joriy yil 7 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi xorijiy fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi.

Ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi

Qabul qilingan qaror talablariga koʻra, xorijiy fuqarolarning amalda hisobga qoʻyilganligi ichki ishlar organlari tomonidan avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida tekshiriladi.

Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston turistik vizasida koʻrsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Oʻzbekiston TIV konsullik byurolari tomonidan davlat chegarasidan oʻtish punktlarida tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻluvchi xorijiy fuqarolar oʻzlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirlik, idora, tashkilot), shuningdek, xususiy ishlar boʻyicha ularni Oʻzbekistonga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga koʻra mehmonxona xizmatlari — vaqtinchalik yashash boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalar va komplekslari, dam olish uylari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, lagerlar, sanatoriylarda davolash muassasalar)da yashaydilar.

Dokumentы v rukax - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mirziyoyev turkiyalik sobiq deputatni turizm qoʻmitasi raisiga maslahatchi etib tayinladi
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan talablarning buzilishi Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Quyidagilar vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi: sayyohlik operatori tomonidan tashkil etilgan tur doirasida ekskursovod, gid va/yoki yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi hamrohligida aholi punktlari tashqarisiga sayohat amalga oshirilganda, agar bunday tur muddati yoki uning bir qismi 10 kundan oshmasa;

Xorijiy fuqarolar tomonidan sayyohlik operatorining avtoturini xarid qilgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda sayohat amalga oshirilganda, sayyohlik operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida sayyohlarning pasport maʼlumotlari, harakatlanish yoʻnalishlari sxemasi, sayohat paytida toʻxtash (tunash) joylari koʻrsatilgan elektron shakldagi roʻyxati taqdim etilishi.

Bunday joylashtirish uchun har bir yashagan kun hisobiga EKIHning 10 foiz miqdorida turistik yigʻim undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0