Jamiyat

Qahramon Quronboyev: Bu hali oldinda turgan ulkan ishlarning boshlanishi xolos

© Foto, Toshkenboy AbdullayevVstrecha delegatsii Uzbekistana s uzbekistanskimi studentami uchaщixsya v Moskve
Vstrecha delegatsii Uzbekistana s uzbekistanskimi studentami uchaщixsya v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Yoshlar ittifoqi raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskvada uchrashuv oʻtkazdi

TOSHKENT, 9 noya – Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Moskvadagi "MISiS" milliy tadqiqot texnologiya universitetining konchilik instituti majlislar zaliga kirib borganimda zal allaqachon toʻlib boʻlgandi. Zalni toʻldirib oʻtirgan talabalarni koʻrib oʻzimning talabalik yillarim esimga tushib ketdi. Did bilan kiyingan, koʻzlarida oʻt chaqnab turgan yoshlar yuzida gʻurur va quvonchni koʻrish mumkin edi. Sababi, ular ilk bor oʻz Vatanlaridan ularni yoʻqlab kelgan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi, prezidentning yoshlar siyosati boʻyicha davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib turishgandi.

© Foto : Toshkenboy AbdullayevMoskva shahridagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv
Vstrecha delegatsii Uzbekistana s uzbekistanskimi studentami uchaщixsya v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva shahridagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv

Uchrashuv juda qizgʻin, taklif va mulohazalarga boy oʻtdi. Kimdir Rossiyadagi oʻzi oʻqiyotgan oʻquv yurtining filialini Oʻzbekistonda ham ochish borasida taklif bersa, yana kimdir talabalarga imtiyozlar berilishini taklif qildi. Aksariyat talaba yoshlarning chiqishlaridan maʼlum boʻldiki, ularni eng oʻylantiradigan muammo bu diplomlar nostrifikatsiyasi masalasi ekan. Delegatsiya vakillari bu borada qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish vaqti yetib kelganini bildirishdi.

Ayrimlarning muammolari oʻsha joyning oʻzidayoq hal etildi. Yechilishi vaqt talab qiladigan muammolari boʻlgan yoshlarga Yoshlar ittifoqi raisi oʻz telefon raqamlarini berdi va "Meni topishingiz uchun telefon raqamlarimni beryapman. Yoshlardan qochib yashirinib yuradigan Yoshlar ittifoqi raisining kimga keragi bor. Hamisha muammolaringizni hal qilishga, sizlarni qoʻllab-quvvatlash va yordam berishga tayyormiz. Bu hali oldinda turgan ulkan ishlarimizning boshlanishi xolos", deganida zalni gulduros qarsaklar ovozi tutib ketdi.

© Foto, Toshkenboy AbdullayevMoskva shahridagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv
Vstrecha delegatsii Uzbekistana s uzbekistanskimi studentami uchaщixsya v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva shahridagi oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv

Moskvadagi turli oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan bu oʻzbek yoshlarining Vatanga sadoqati, mamlakat taraqqiyoti uchun oʻz hissalarini qoʻshishga tayyor ekanliklari, bilimli ekanliklari meni quvontirdi. Savol bergan talabaning ham, taklif bilan chiqqan talabaning ham fikri, keyingi rejasi oʻqishni bitirgandan keyin Oʻzbekistonga qaytish, ilgʻor mutaxassis sifatida Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish ekanligi bilinib turdi.

Uchrashuv yakunida yoshlar Qahramon Quronboyev bilan selfi tushishga ham ulgurdilar.

Yoshlardagi shijoat, tafakkur va intilishni koʻrib, Oʻzbekiston kelajagi ishonchli qoʻllarda ekanligiga amin boʻldim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala