Sport

Puyol kelajakda taklif boʻlsa Oʻzbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBыvshiy igrok FK "Barselona" Karlos Puyol na konferentsii v Tashkente
Bыvshiy igrok FK Barselona Karlos Puyol na konferentsii v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun jahon futboli afsonasi Toshkentga yetib kelgan va matbuot anjumanida ishtirok etgan

TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. "Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol Oʻzbekiston yoshlarga eʼtibor qaratsa futbol boʻyicha 2022 yili Qatarda oʻtkaziladigan jahon chempionatiga chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Bыvshiy zaщitnik FK Barselona i sbornoy Ispanii Karles Puyol - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonga “Barselona” va jahon futboli afsonasi tashrif buyuradi

Xabar berilishicha, bugun jahon futboli afsonasi Toshkentga yetib kelgan va matbuot anjumanida ishtirok etgan.

"Barchaga salom. Katta rahmat. Oʻzbekiston futbol Federatsiyasiga rahmat aytaman. 2008 yil ham shu yerga kelgandim. Oʻsha tashrif hamon xotiramda turibdi. Yana bir bor Oʻzbekistonda ekanligimdan xursandman. OʻFF prezidenti janob Umid Ahmadjonov tufayli bu yerdaman. Garchi Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyadagi mundialga chiqa olmagan boʻlsa ham yaqin vaqt ichida bunga erishasizlar deb umid qilaman. Yoshlarga eʼtibor qaratilayotgani ajoyib. Agar yoshlarga eʼtibor qaratsanglar 2022 yilgi Qatardagi JChga chiqasizlar", — degan Karles Puyol.

Jurnalistlarning "bir kun kelib murabbiy boʻlsangiz Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarishingiz mumkinmi?" degan savoliga u "hozircha 40 yoshdaman. Murabbiylik litsenziyam ham yoʻq. Agar kelajakda taklif boʻlsa balki Oʻzbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa boʻlishi mumkin", deya javob qaytargan.

U Oʻzbekistonga qisqa vaqtga kelganligini aytgan va dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala