Hodisalar

Toshkentda psixotrop moddalar bilan ulgurji savdo qiluvchilar qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy xavfsizlik xizmati Toshkentda kuchli taʼsir koʻrsatuvchi vositalar bilan savdo qiluvchi shaxslarga qarshi reydlar oʻtkazdi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Toshkentda oʻtkazgan qator reydlar davomida Oʻzbekistonga qoʻshni davlatlar hududidan noqonuniy tarzda olib oʻtilgan kuchli taʼsir koʻrsatuvchi vositalar bilan ulgurji savdo qiluvchi shaxslar qoʻlga olindi.

Kuch ishlatish tizimi vakilining maʼlum qilishicha, MXX xodimlari huquqni himoya qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan birgalikda 32 yoshli Hamdam Xoliqjonov va 49 yoshli Oʻtkir Ishoqovlarni 15 ming dona tramadol tabletkasini 24 million soʻmga sotishayotganida qoʻlga olishdi. Ularning ikkisi ham toshkentlik boʻlib, birinchisi xususiy kirakashlik bilan shugʻullangan, ikkinchisi esa "Toshkent Suvsoz" korxonasida ishlagan.

"Xoliqjonovga tegishli "Spark" avtomashinasida yana ming dona tramadol tabletkasi borligi aniqlandi. Surishtiruv davomida Ishoqov bu dorilar Qozogʻistondan aylanma yoʻllar orqali olib oʻtilganini maʼlum qildi. Qoʻlga olinganlar bu dorilarni Oʻzbekistonga olib kirishga ruxsat beruvchi hujjat va ularning sertifikatlarini koʻrsata olishmadi", — dedi MXX xodimi.

Tabletki tramadola - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qoʻlga olindi

"Farhod dehqon bozori" yaqinida kuchli taʼsir qiluvchi dorilar bilan savdo qiluvchi yana bir tarmoq yoʻq qilindi. Xususan, operativ xodimlar ilgari bir necha marta sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan, ulgurji tarzda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi toshkentlik 25 yoshli Mavlonjon Ismoilovni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, uning sheriklari – 20 yoshli Umar Usmonov va ilgari sudlangan Nuriddin Hasanovlar ham qoʻlga olindi. Ular ham toshkentlik boʻlib, hech qayerda ishlashmaydi. Ularning yonidan 710 dona tramadol tabletkasi va 2,2 million soʻm pul chiqdi.

Tergovgacha surishtiruv davomida ular Toshkentda kuchli taʼsir koʻrsatuvchi dorilarni sotish bilan shugʻullanishgani maʼlum boʻldi.

"Reydlar davomida qashqadaryolik 33 yoshli Sanjar roʻziyev ham ushlandi. Uning yonidan 81 dona tramadol tabletkasi va 200 ming soʻm pul topildi. Surishtiruv davomida u Toshkentdan Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga ushbu dorilarni joʻnatishini bildirdi", — dedi MXX xodimi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala