Barcha davlat organlari 5 yildan soʻng issiq suv taʼminotidan mahrum boʻladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishVodoprovodnыy kran
Vodoprovodnыy kran - Sputnik Oʻzbekiston
Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida ular issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalaridan, shuningdek, ichki yoritish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart boʻladi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Davlat organlari va tashkilotlari 2022 yil 1 yanvardan markazlashtirilgan issiq suv taʼminotidan uzib qoʻyiladi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 8 noyabrdagi "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Energosberegayuщiye lampochki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident qarori bilan "Energiya tejash milliy kompaniyasi" tashkil etildi
Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida ular issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalaridan, shuningdek, ichki yoritish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart boʻladi.

Shuni inobatga olgan holda, davlat organlari va tashkilotlari bino va inshootlarida quyosh suv isitgich qurilmalari va mahalliylashtiriladigan mahsulotlar asosida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalarni oʻrnatish bosqichlarini belgilash toʻgʻrisida topshiriq berilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish va energiya tejamkor lampalarni turar va noturar joylarda bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha kompleks dastur qabul qilinadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan issiq suv taʼminoti uchun quyosh suv isitgich qurilmalarining joriy etilishi va foydalanilishi natijasida isitilmaydigan davrda (aprel-oktyabr) isitish stantsiyalari tomonidan tabiiy gaz isteʼmoli hajmi deyarli 10 million kub metr yoki 2,5 milliard soʻmga qisqaradi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, "Energiya tejash milliy kompaniyasi" AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 martga qadar muddatda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarini ularning qayta koʻrib chiqilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlagan holda tanqidiy oʻrganib chiqish topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala