Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati kengaytirildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishFarmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki
Farmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tahrirdagi roʻyxatga 129 nomdagi yangi dori vositalari qoʻshildi, amaldagi roʻyxatda mavjud boʻlgan 100 nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatining yangi tahriri davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechnыy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda dorilar narxini Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan boʻldi
Yangi tahrirdagi roʻyxatga 129 nomdagi yangi dori vositalari qoʻshildi, amaldagi roʻyxatda mavjud boʻlgan 100 nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi.

Muqaddam retseptsiz beriladigan dori vositalari 1225 tani tashkil etgan boʻlsa, endilikda ularning soni 1254 tani tashkil etadi.

Bunda, roʻyxatda belgilanishicha, dori vositalarining oʻramlari, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari, ilova-varaqalarida koʻrsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qatʼi nazar, ushbu roʻyxatga amal qilinishi kerak.

Roʻyxatning toʻliq matni bilan Lex.Uz da tanishish mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala