Siyosat

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana
Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan oʻrnini aniqlash va uning hudida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish maqsadida uch tomonlama hujjat imzolandi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferentsiya boshlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish
Konferentsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisida shartnomani imzoladilar", — deb xabar qildi voqea joyidan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ushbu shartnoma ratifikatsiya qilingan yorliqlar almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Konferentsiyaning ochilish marosimida nutq soʻzlagan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy hujjat bir-biriga qoʻshni boʻlgan uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlashini taʼkidlab oʻtdi.

© SputnikGlavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana
Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala